Frank de Bur: "Ridevald - chiroyli ertakni qahramoni"
23 dek 2013 01:25
Yangiliklar


Frank de Bur: "Ridevald - chiroyli ertakni qahramoni"
Saytimiz orqali xabar berib o'tkanimizdek, "Roda"- "Ayaks" uchrashuvi qahramoni bo'lgan Yayro Ridevald jamoasining rekordini yangiladi.
"Ridevald chiroyli ertak qahramoni bo'ldi. Asosiy tarkibda ajoyib debyut o'tkazish bilan birga ikki marotaba raqib darvozasini ishg'ol qildi. O'yin davomida bizda gol urish uchun ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Ammo ulardan unumli foydalana olmadik. Baxtimizga Yayro buni uddalay oldi. Ikkinchi davrani birinchi o'rinda boshlaymiz, albatta bu yaxshi. Umid qilamanki, so'nggi turda ham shu o'rinda qolamiz", - deydi jamoa bosh murabbiyi Frank de Bur o'yindan keyingi matbuot anjumanida.

Fikrlar