Franciyalik futbolchi Germaniyaga qarshi bahsdan oldin doping qabul qilganmidi?
13 iyu 2016 19:05
Yangiliklar
Franciyalik futbolchi Germaniyaga qarshi bahsdan oldin doping qabul qilganmidi?
Franciya Germaniyani 2:0 hisobida taslim etgan, bahsdagi ikkala golni Antuan Grizmann urgan edi.
FRANCIYA KIYINISH XONASIDA KOFEINLI STIMULYATOR TOPILDI
Yarim final bahsidan so'ng nemis nashri Franciya terma jamoasining kiyinish xonasiga kirishga ruhsat oldi. Kiyinish xonasiga kirgan Guronsanning bo'sh idishini topishdi.
GURONSAN taqiqlangan vosita hisoblanmaydi, ammo uning tarkibida charchoqni enguvchi moddalar bor.
Nemis nashri doping bo'yicha mutaxassis Fric Sorgel bilan bu borada suhbatlashishdi:
"WADA anti-doping reglamentiga ko'ra, raqibdan suniy ustunlikka erishish dopingdan foydalanishga teng.
Guronsan men uchun doping! Ushbu vosita bilan quvvatni oshirish mumkin va bu isbotlangan. SHu bilan birga, Guronsan reakciya tezligiga ham ijobiy tasir qiladi".
Fikrlar