So’nggi yangiliklar

14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  14 14:29Эндрик "Реал" 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1 14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  1 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи роль ўйнади"   23 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  2 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  1 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   2 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  3 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  14 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  8 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  7 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  7

Franciyada o'ynagan eng yaxshi italyanlar Yangiliklar

Franciyada o'ynagan eng yaxshi italyanlar

Quyida Franciyaning Liga 1 da o'ynab, muvaffaqiyat qozongan eng mashhur italiyaliklar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Buyuk Jijji hamon futbol o'ynamoqda. Ammo o'z yurtida emas, Franciyada posbonlik qilmoqda. PSJning ham, Buffon ham maqsadi bitta — CHempionlar Ligasi Kubogini qo'lga kiritish. Afsonaviy darvozabon ushbu turnir finalida 3 marotaba ishtirok etgan. Biroq mukofotni boshi uzra ko'tarish hali unga nasib etmadi. Bu yilgi ECHL u uchun so'nggi imkoniyat bo'lishi mumkin. Nima bo'lganda ham, italiyalik faoliyatining yangi sahifasini Franciyada yozmoqda. Ushbu mamlakatda avval ham italiyalik futbolchilar muvaffaqiyat qozonishgan. Bugun ular haqida suhbatlashamiz.

Mario Balotelli

Italiya futbolining eng yorqin namoyondalaridan biri Mario hisoblanadi. Uni boshqarish qiyin edi. Lekin uning ko'ngliga yo'l topsangiz, uni to'xtatib bo'lmasdi. Balotelli "Milan"dan keyin, APLda yanada katta yutuqlarga erishish uchun "Liverpul" bilan shartnoma imzoladi.

Biroq u erda Mario o'zining eng omadsiz davrini o'tkazdi. Italiyalik faoliyatini yaxshi tomonga o'zgartirish uchun keskin burulish yasadi: Franciyaning "Nicca" klubi bilan shartnoma tuzdi. Bunga qadar "Super Mario" doim katta jamoalarda o'ynagan. SHuning uchun, ko'pchilik bu qarorni maqullamadi. Ammo Balo bu tanqidlarning barchasiga maydondagi chiqishlari orqali javob berishga qaror qildi: "burgutlar"ning 61 uchrashuvida 33ta gol urdi. Biroq og'ir xarakteri tufayli "Nicca" bosh murabbiyi Patrik Vieyra bilan janjallashib qoldi va klubini o'zgartirishga majbur bo'ldi.  Mario anchadan buyon jamoasiga to'purar qidiriyotgan "Marsel" klubiga o'tdi. Hozircha u erda o'z zimmasidagi vazifani yaxshi bajarishga harakat qilmoqda. U "janubliklar"ning 4 o'yinida ishtirok etib, 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Marko Di Vayo

Dunyoning eng yaxshi hujumchilari Italiyada o'ynayotgan bir vaqtda, Di Vayo o'z davrining qurboni bo'ldi. U turli harakatlar bajara oladigan yaxshi forvard edi. "Parma"dagi ajoyib faoliyatidan so'ng, "Yuventus" va "Valensiya" kabi top-klublar unga qiziqish bildirdi. Ispaniyaga bo'lgan sayohatdan keyin, u Franciya tomon yo'l oldi va "Monako" bilan shartnoma imzoladi.

Marko "monegaskilar" safida bir yil to'p tepdi. Bundan tashqari, jamoada yana bir italiyalik hujumchi Kristian Veri ham bor edi. Di Vayo "qizil-oq"lar tarkibida 35 o'yinda ishtirok etib, 8ta gol urdi. Ha, bu uning faoliyatidagi eng yaxshi davrlaridan biri bo'ldi deyish qiyin. SHubhasiz, Marko Di Vayo Liga 1 da to'p tepgan italiyalik eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblanadi.

Stefan El-SHaaravi

Di Vayo bilan bo'lgani kabi, bu erda ham knyazlik jamoasi "Monako"ga ko'chib o'tgan futbolchi haqida gap ketmoqda. Ammo bu davr Stefan El-SHaravi uchun faoliyatining omadli davri bo'lib tarixda qolmadi. Iqtidorli yarim himoyachining Franciyadagi ishlari unchalik yurishmagani futbol ishqibozlariga sir emas. Stefan u erda yarim yil faoliyat yuritdi va 3tagina gol urdi. Agar hujumchi "monegaskilar"ning 25 o'yinida maydonga tushsa, "Monako" o'yinchi uchun "Milan"ga 13 million evro to'lab berishi kerak edi. Lekin 24-o'yindan so'ng, klub rahbariyati futbolchi mavsumning qolgan qismini zaxira o'rindig'ida o'tkazishini malum qildi. SHuningdek, ular o'yinchini sotib olish fikridan ham qaytishdi. Agar sizga kimdir ishonmasa, bazida o'zingizni ko'rsatishga qiynalasiz. SHuning uchun, El-SHaaravi klubdan ketib, 2016 yil yanvarda "Roma" bilan shartnoma tuzdi. U hozirgi kunda ham o'sha erda faoliyat yuritmoqda.

Fabio Grosso

"Inter"da bir mavsum o'ynaganidan keyin, Fabio Grosso yangi taklifni qabul qildi va Franciyaning "Lion" klubi tomon yo'l oldi. Fabio u erda yaxshi natijalarga erishdi. Ikki mavsum ichida 3ta sovrinni qo'lga kiritdi: mamlakat chempionati, Kubok va Superkubok. Keyinchalik u mahalliy jurnalistlarga shunday dedi: "Umid qilamanki, "Lion" muxlislari JCH-2006da Franciya darvozasi tomon tepgan penaltimni unutishgan...".

Tiago Motta

Parij grand klubining haqiqiy afsonaviy o'yinchisi Tyago bu erda 7 mavsum davomida maydonga tushdi va PSJning etakchilaridan biriga aylandi. Italo-braziliyalik Franciyada 19ta mukofotni qo'lga kiritdi: 5 marta ichki chempionat, 5 bora Franciya Liga Kubogi, 4ta Franciya Kubogi va 5ta Superkubok.

Motta faoliyati davomida ko'p marta jurnalist va muxlislar tanqidiga duch kelardi. Lekin bularning hammasiga yutuqlari bilan javob qaytardi. SHuningdek, yuqorida sanab o'tilganlar qatoriga 2ta CHempionlar Kubogini ("Barselona" va "Inter" bilan) qo'shsak, Tiago Italiyadagi eng sovrindor futbolchilar orasiga kirishi aniq.

Marko Verratti

Marko Verratti — noyob futbolchi. U "Skuadra Adzurra"ning asosiy o'yinchisi edi. Lekin A Seriyaning birorta ham o'yinida ishtirok etmagan. U 2012 yil V Seriya jamoasi "Peskara"dan PSJga o'tgan. Parijliklar yarim himoyachi uchun 13 million evro to'ladi. Bu summa o'sha payt "Peskara" uchun kattagina pul edi. Oz fursat ichida Verratti Evropaning eng yaxshi markaziy yarim himoyachilaridan biri bo'ldi. Har yilgi transfer oynasida etakchi top-klublar unga taklif bildiradi. Biroq PSJ o'z etakchisidan ayrilishni istamayapti. Eslatib o'tamiz, Marko Veratti olti yarim yil ichida Franciyada 20ta sovrinni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Kristian Panuchchi

Kristian Panuchchi faoliyati davomida Ispaniya ("Real" tarixidagi birinchi italiyalik), Angliya ("CHelsi") va Franciyada o'ynashga urgurdi. U Franciyaning "Monako"sida yarim yil to'p tepdi. Umumiy hisobda 19 o'yinda maydonga tushib, 3tagina gol urdi. ECHLning ikki karra chempioni 2001 yil yurtiga qaytdi va A Seriyaning 9 mavsumida maydonga tushdi: 8 mavsum "Roma"da hamda 1 mavsum "Parma"da.

Fabricio Ravanelli

Italiyalik forvard "Olimpik Marsel"da uch yil davomida to'p tepdi. U Franciya klubining 84 bahsida ishtirok etib, 31ta gol urdi. Ravanelli Franciyada birorta sovrin yuta olmadi. Biroq jamoasi ECHL-1999ga qaytishida yordam berdi. Franciyadan tashqari, Fabricio Angliya va SHotlandiyada ham faoliyat yuritgan.

Marko Simone

Marko Simone Franciyaning PSJ, "Monako", "Nicca" klublarida o'ynagan. "Milan"da 8 mavsumdan so'ng Markoga PSJ tomonidan taklif bildirildi. U parijliklar bilan birgalikda Liga Kubogi, Franciya Kubogi va Superkubokni ko'lga kiritdi. Keyin u "Monako"ga o'tdi va mamlakat kubogiga sazovor bo'ldi. U Franciya klublarida umumiy hisob bilan 76ta gol urishga erishdi.

Kristian Veri

Italiyalik to'purar Franciya chempionatiga faoliyatining oxirgi pallalarida o'tdi. Bunga qadar, Veri nafaqat A Seriyada, balki Ispaniyada ham katta yutuqlarga erishgandi. U Madridning "Atletiko"sida bir yil davomida to'p tepdi va 24ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. "Monako"da esa yarim yil o'ynadi: 11 uchrashuvda 5ta gol. U yanada yorqinroq o'yin ko'rsatishi mumkin edi, lekin unga jarohat halal berdi. Kristian 2006 yil iyunda Italiyaga qaytdi. U erda yana 3 mavsum o'ynab, faoliyatini yakunladi.

Andrea Raji

Raji "Monako" Liga 2da o'ynayotgan vaqtda, ushbu klubga o'tdi. Lekin u "monegaskilar" bilan nafaqat elitaga qaytdi, balki Franciya-2017 chempioni bo'ldi. Bu yil "Monako" ECHL yarim finaligacha chiqishga muvaffaq bo'ldi: final yo'llanmasini Turinning "Yuventus"iga boy berdi. Andrea klub sardori sifatida bir necha marta jamoasini oldinga etaklagan. "Monako" muxlislari Raji faoliyatini  aynan "qizil-oqlar" tarkibida yakunlashini istashmoqda.

P.S. Nima deb o'ylaysiz, Jijji Buffon PSJda katta yutuqlarga erishib, Franciya futbolining afsonasi bo'la oladimi? Fikrlaringizni kutib qolamiz! :)


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика