Franciyada maoshlar: Top-10da faqat PSJ futbolchilari
30 mar 2023 09:37
Yangiliklar


Franciyada maoshlar: Top-10da faqat PSJ futbolchilari
PSJ har oy Kilian Mbappega 6 million evro maosh to'laydi.
Mbappe Franciyada eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxatida birinchi o'rinda turibdi.
Etiborlisi, Liga 1 da eng ko'p maosh oluvchi 10 nafar futbolchining barchasi PSJdan:
Kilian Mbappe – oyiga 6 mln evro;
Neymar – 3,675 mln;
Lionel Messi – 3,375 mln;
Markinos va Marko Verratti – 1,2 mln;
Ashraf Hakimi – 1,083 mln;
Janluiji Donnarumma – 916 ming;
Serxio Ramos – 791 ming;
Xuan Bernat – 730 ming;
Nordi Mukiele – 700 ming.
11-o'rinda Vissam Ben-Yedder ("Monako", 650 ming), 13-o'rinda Jordan Veretu ("Marsel", 550 ming) joylashgan. Top-15ning qolgan futbolchilari ham PSJ klubidan.
Malumot uchun Franciyada soliqlar miqdori katta va futbolchilar ushbu pullardan soliq ham to'lashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar