Franciya TJning yangi sardori kim bo'lishi malum
21 mar 2023 09:15
Yangiliklar
Franciya TJning yangi sardori kim bo'lishi malum
Avvalroq, Mayk Menyan Franciya TJda Ugo Lorisning o'rnini egallab, asosiy darvozabonga aylanishi haqida xabar berilgandi.
Termadagi faoliyatini yakunlagan Loris jamoa sardori ham hisoblanardi. L'Equipe manbasiga ko'ra, francuzlar ustozi Dide Desham sardor bog'ichini Kilian Mbappega ishonib topshirgan. 24 yoshli Mbappe 24 mart kuni Evro-2024 saralashi 1-turi doirasida Niderlandiyaga qarshi o'yinda Franciya TJni sardor sifatida boshlab tushishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kilian 2017 yildan beri terma jamoa sharafini himoya qilib keladi. U milliy libosda 66 bahsda qatnashib, 36 ta to'p kiritgan.
Fikrlar