Franciya terma jamoasining 3 vakili CHiliga qarshi bahsdan so'ng ertalabgacha alkogol ichgan
30 mar 17:32
Yangiliklar
Franciya terma jamoasining 3 vakili CHiliga qarshi bahsdan so'ng ertalabgacha alkogol ichgan
Franciya terma jamoasi futbolchilari o'yindan keyin quvnoq gazdan foydalanishgan.
Dide Desham jamoasi CHili terma jamoasini o'rtoqlik o'yinida 3:2 hisobida mag'lub etdi.
Jurnalist Romen Molinaning malum qilishicha, uchrashuvdan so'ng franciyaliklar qolgan mehmonxonaga policiya chaqirilgan. Tonggi soat oltilarda policiya xodimlari shovqin bo'yicha etiroz sabab Sofitel mehmonxonasiga etib kelishgan.
Franciya terma jamoasining uch futbolchisi alkogol ichimliklari ichib, azot oksidi (quvnoq gaz)dan foydalanishgan. Ular o'zini agressiv tutib, musiqani o'chirishni xohlashmagan.
2021 yilning 1 iyunidan Franciyada azot oksidini sotish taqiqlangan.
Fikrlar