Fransiya terma jamoasining 3 vakili Chiliga qarshi bahsdan so'ng ertalabgacha alkogol ichgan

Aslanov Jasurbek
30 mar 2024, 17:32
Fransiya terma jamoasi futbolchilari o'yindan keyin quvnoq gazdan foydalanishgan.

Dide Desham jamoasi Chili terma jamoasini o'rtoqlik o'yinida 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Jurnalist Romen Molinaning ma'lum qilishicha, uchrashuvdan so'ng fransiyaliklar qolgan mehmonxonaga policiya chaqirilgan. Tonggi soat oltilarda policiya xodimlari shovqin bo'yicha etiroz sabab Sofitel mehmonxonasiga yetib kelishgan.

Fransiya terma jamoasining uch futbolchisi alkogol ichimliklari ichib, azot oksidi (quvnoq gaz)dan foydalanishgan. Ular o'zini agressiv tutib, musiqani o'chirishni xohlashmagan.

2021 yilning 1 iyunidan Fransiyada azot oksidini sotish taqiqlangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Get French Football News