Franciya terma jamoasi darvozaboni Evro-2024ni o'tkazib yuborishi mumkin
24 may 14:39
Yangiliklar
Franciya terma jamoasi darvozaboni Evro-2024ni o'tkazib yuborishi mumkin
Mayk Menyan qo'lidan jarohat olgan.
"Milan" va Franciya terma jamoasi darvozaboni Mayk Menyan Evro-2024 musobaqasini o'tkazib yuborishi mumkin, deya xabar berdi Fabricio Romano.
Malumotlarga ko'ra, 28 yoshli Menyanning barmog'i chiqqan. Darvozabon hafta mobaynida fiksator kiyib yurishi kerak, keyin esa chuqurlashtirilgan ko'rikdan o'tadi. Uning natijalariga ko'ra, uning Evropa chempionatidagi ishtirok etish-etmasligi aniq bo'ladi.
Mayk Menyan Italiya A Seriyasining so'nggi turi doirasidagi "Salernitana"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Fikrlar