Franciya so'nggi besh o'yinning to'rttasida SHveycariyani taslim eta olmagan! O'zaro o'yinlar tarixi
28 iyu 2021 20:45
Yangiliklar


Franciya so'nggi besh o'yinning to'rttasida SHveycariyani taslim eta olmagan! O'zaro o'yinlar tarixi
France Karim Benzema - 57', Karim Benzema - 59', Paul Pogba - 75', Paul Pogba - 121', Olivier Giroud - 121', Marcus Thuram - 121', Presnel Kimpembe - 121' |
EURO Final Stage . 1/8-tur 29/06/2021, 01:00 8
:
7
Tugadi
|
Switzerland Haris Seferovic - 15', Haris Seferovic - 81', Mario Gavranovic - 90', Mario Gavranovic - 121', Fabian Schaer - 121', Manuel Akanji - 121', Ruben Vargas - 121', Admir Mehmedi - 121' |
Stadion: Arena Nationala, 22642 tomoshabin
Bosh hakam: Fernando Rapallini
Franciya va SHveycariya o'zaro 38 marta to'qnash kelishgan bo'lib, ularning 16 tasida francuzlar ustun kelishgan, 12 tasida SHveycarining qo'li baland kelgan, yana 10 uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To'plar nisbati — 67:60, francuzlar foydasiga.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yin 1905 yilda bo'lib o'tgan. Eng qizig'i shundaki, yigirmanchi asrda ko'plab o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazgan ushbu jamoalar hech qachon rasmiy musobaqalarda to'qnash kelmagan.
Bu anana Evro-2004'ga qadar davom etdi.
O'sha turnirda Anrining dubli va Zidanning goli "uch ranglilar"ga g'alaba keltirdi 3:1. Franciya guruhda birinchi o'rinni egallaydi, SHveycariya esa so'nggi o'rinda qolib ketadi.
O'shandan beri jamoalar yana besh uchrashuv o'tkazishdi, shulardan to'rttasi durang bilan yakunlangan, jumladan, Evro-2016'da 0:0 hisobi qayd etilgan. Ushbu segmentdagi francuzlarning yagona g'alabasi bundan etti yil ilgari Braziliya yashil maydonlaridagi mundialda sodir bo'lgan. O'shanda francuzlar raqiblarini ayab o'tirmagan — 5:2. Aytgancha, o'sha paytdagi francuz tarkibining deyarli yarmi hamon saqlanib turibdi.
Francuzlar garchi guruh bosqichida kuchli jamoalarga qarshi maydonga tushgan bo'lsa ham, muxlislar kutgan o'yinni namoyish eta olmadi. Bir g'alaba va ikki durang natija qayd eta olgan jamoa o'z kuchini pley-offga asrab qo'ygan bo'lishi mumkin. SHveycariya gigant jamoa sanalmasa ham francuzlar uchun qulay raqib emas. Buni yuqoridagi statistika tasdiqlashi mumkin. Xo'sh, bugungi oqshomda "uchranglilar" o'z yurishini davom ettiradimi yoki SHakiri boshchiligidagi jamoa mundial egalariga sovg'a tayyorlab qo'yishganmi, buni birgalikda guvohi bo'lamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar