Franciya chempionatida 2021/22 yilgi mavsumning eng yaxshi darvozaboni aniqlandi
19 may 2022 20:39
Yangiliklar
Franciya chempionatida 2021/22 yilgi mavsumning eng yaxshi darvozaboni aniqlandi
Unda Liga 1'da debyut mavsumini o'tkazgan italiyalik g'olib bo'ldi.
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma Liga 1'da 2021/22 yilgi mavsumning eng yaxshi posboni deb topildi.
Etirof uchun parijliklar posboniga "Marsel"dagi hamkasbi Antoni Lopesh, "Nant"dan Alban Lafon va "Nicca"dan Valter Benites raqobat ko'rsatdi.
O'tgan mavsumda Jijining jamoadoshi Keylor Navas eng yaxshi darvozabon deya etirof etilgandi.
23 yoshli Donnarumma Franciya chempionatining 23 ta o'yinida 23 ta gol o'tkazib yubordi va 8 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning PSJ bilan shartnomasi 2026 yilda yakuniga etadi.
Fikrlar