Franciya chempionati keyingi mavsumdan yangi nom bilan ataladi
05 mar 2024 15:25
Yangiliklar
Franciya chempionati keyingi mavsumdan yangi nom bilan ataladi
Musobaqa "Uber Liga 1" o'rniga "McDonalds Liga 1" deb nomlanadi. Bu haqda "La Gazette Du Fennec" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, McDonalds Franciya chempionatining neyming huquqi uchun yiliga 20 million evro to'laydi. Avvalgi hamkor Uber yiliga 15 million evro to'lagan. Biroq Lionel Messi va Neymar timsolidagi asosiy yulduzlar Liga 1 dan ketganidan keyin, shuningdek, Kilian Mbappening ketish ehtimoli yuqori bo'lganidan so'ng Uber yangi mavsum uchun taklifini qisqartirdi.
Franciya chempionati yangi hamkorlar izlashni boshladi va McDonalds tez ovqatlanish tarmog'i bilan kelishuvga erishdi.
Qayd etilishicha, kelishuv rasman elon qilinmagan, chunki tomonlar haligacha barcha huquqiy masalalarni hal qilmagan – muzokaralar davom etmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar