

Amaldagi chempion PSJ chempionatni yirik g'alaba bilan boshladi. Shu tariqa Tomas Tuxel Fransiya 1 Divizionidagi debyutini muvaffaqiyatli boshladi. Shuningdek, Jiji Buffon ham bu bahsda darvozani qo'riqladi hamda gol o'tkazib yubormadi.
"Lion" esa "Amen"ni ishonchli tarzda engishni uddasidan chiqdi. Biroq tur sensaciya Bordoda qayd etildi. Bunda mezbonlar kutilmaganda "Strasbur"ga imkoniyatni boy berib qo'yishdi.
Fransiya chempionati, 1-tur.
Lion – Amen 2:0 (1:0, 1:0)
Stad de Lion
Gollar: 1:0 – 24 Traore, 2:0 – 75 Depay.
Lion – Gorjlen, Dyubua, Marselo, Morel, Mendi, Ndombele, Tuzar (Diop, 88), Auar, Traore (Korne, 88), Dias (Tere, 76), Depay.
Amen – Gyurtner, El-Xadjam, Adenon, Dibassi, Lefor, Fofana, Nyaore, Otero (Timit, 89), Mendosa, Traore (Kornett, 62), Konate (Bodmer, 84).
Ogohlantirishlar: Traore (42), Nyaore (83).
Bordo – Strasbur 0:2 (0:0, 0:2)
Stad de Bordo
Gollar: 0:1 – 68 Sissoko, 0:2 – 78 Da Koshta.
Bordo – Kostil, Levchuk, Kunde, Pablo, Gayich, Lerager, Plashil (Sankare, 72), Tchuameni (Bashich, 72), Yussuf (Bess, 17), Labord, Kamano.
Strasbur – Zels, Lala, Mitrovich, Martines, Kasi, Sissoko, Lienar, Tomasson (Grimm, 86), Marten, Zoi (Gonsalves, 76), Ajork (Da Koshta, 33).
Ogohlantirishlar: Bess (73).
Chetlatish: Pablo (13).
PSJ – Kan 3:0 (2:0, 1:0)
Park de Prens
Gollar: 1:0 – 10 Neymar, 2:0 – 35 Rabo, 3:0 – 89 Vea.
PSJ – Buffon, Markinos, Tiago Silva, Dagba, Nsoki, Rabo, Diarra (Diabi, 70), Di Mariya (Draksler, 70), Berned, Nkunku, Neymar (Vea, 82).
Kan – Samba, Jenevua, Mbenge (Imoru, 46), Armugom, Djiku, Fajr, Oniange, Peters, Demenge (Krivelli, 62), Ninga (Stavicki, 77), Tchokunte.
Ogohlantirish: Vea (89).



