Fransiya 10 ta o'yindan beri yutqazmayapti

Aziz Tukhtamuradov
24 iyun 2021, 09:39
Fransiya terma jamoasi Evro-2020 guruh bosqichi doirasidagi uchinchi o'yinda Portugaliya bilan durang o'ynadi (2:2).

Dide Desham shogirdlari 10 ta o'yindan beri yutqazishmayapti. O'rtoqlik o'yinlarini ham qo'shib hisoblaydigan bo'lsak, ular 7 ta o'yinda g'alaba, 3 ta bahsda durang qayd etishdi. 

Jamoa so'nggi marotaba 2020 yilning 11 noyabrida Finlyandiyaga (0:2) imkoniyatni boy bergandi. 

Endi o'z guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan francuzlar Evro-2020 1/8 finalida Shveytsariya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta