So’nggi yangiliklar

08:51"Аякс" ва "Панатинаикос" пеналтилар сериясида берилган зарбалар сони бўйича еврокубоклар рекордини ўрнатди  1 08:20Тошкент дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни Ўзбекистон кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2 07:52Суперлига. Бугун мусобақа етакчилари меҳмонда ҳаракат қилишади  5 01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  7 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  3 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  2 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  8 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   14 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   2 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  2 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   6 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  14 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  33 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1

Franciya 1-divizion. Yana eski chempion, mavsum inqirozi, kutilmagan yurish, kashfiyot va boshqa qiziqarli faktlar Yangiliklar

Franciya 1-divizion. Yana eski chempion, mavsum inqirozi, kutilmagan yurish, kashfiyot va boshqa qiziqarli faktlar

Franciya chempionatining o'tgan mavsum yakunlari hamda qiziqarli faktlar xususida to'xtalib o'tamiz.


CHempion - PSJ

Parijliklar eng yaqin taqibchilari "Lion"dan oz emas, ko'p emas 31 ochkoga o'zib ketishdi va o'z tarixlarida oltinchi bor Franciya chempionligini qo'lga kiritishdi.


Mavsum inqirozi

Franciya chempionatining 2015/2016 yilgi mavsumida kutilmaganda "Marsel" jamoasi quyi o'rinlar uchun kurash olib bordi. Har doim yuqori maqsadlarni ko'zlaydigan, jiddiy vazifalarni bajarishga o'rgangan klub uchun bu yilgi ishtirok ko'ngildagidek kechmadi. Ispaniyalik mutaxassis Michelning ishlaridan qoniqmagan klub rahbariyati mavsumning muhim pallasiga kelib unga chiqish eshiklarini ko'rsatdi. Mahalliy mutaxassis Frank Passi esa vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasi bajardi va jamoani kuchlilar orasida qolishini taminladi. "Marsel" Franciya 1-divizionida 13-o'rinni egalladi.


Kutilmagan yurish

O'tgan yili qo'yi ligadan 1-divizionga chiqishga muvaffaq bo'lgan "Anje" jamoasi debyutant bo'lishiga qaramasdan mavsum davomida barchani lol qoldirib keldi. Stefan Mulen boshqaruvidagi jamoa PSJ bilan birgalikda jadvalda peshqadamlik qilgan paytlar ham bo'lgani fikrimizga tasdiq bo'la oladi. Franciya chempionatida endigina chiqqan jamoaning qayd etgan natijalari, ko'rsatgan o'yinlari barchani birdek hayron qoldirdi. "Anje" ushbu mavsumda Franciya chempionatida chinakamiga kutilmagan yurish qildi. Turnir jadvalining yuqori uchtaliligida yurgan paytlari bo'lgan bo'lsada, keyinchalik "Anje" jamoasi mavsumning hal qiluvchi qismida biroz sustlashdi va yakunda 9-o'rin bilan cheklandi. Lekin "Anje" uchun bu natija ham albatta juda yaxshi deb atalsa mubolag'a bo'lmaydi.


Snayper

Franciya chempionatining ushbu mavsumdagi to'purari kutilganidek Zlatan Ibragimovich bo'ldi. SHveciyalik hujumchi 38 o'yinda raqiblari darvozasini 38 marotaba ishg'ol etdi va Franciya chempionatining "oltin butsa"sini uchinchi bor o'ziniki qilib oldi.
Zlatan Parijdan ketishi oldidan ham chempionlikni, ham "oltin butsa"ni olib ketdi.

Kashfiyot

Ushbu mavsumda Franciyada qaysi futbolchi kashfiyotga aylangani haqida biroz bahslashsa bo'ladi. CHunki barchani hayoliga birdan keladigan Usman Dembeledan tashqari mavsumni inqirozda o'tkazgan "Marsel" jamoasidan Batshuayini ham unutmaslik lozim. Garchi jamoasi mavsumni ko'ngildagidek o'tkazmagan bo'lsada, Batshuayi haqida bu fikrni bildira olmaymiz. "Marsel"ni kuchlilar qatorida qolishida Batshuayining xizmatlari beqiyos bo'ldi. Lekin mavsum kashfiyoti deb "Renn" 18 yoshli vunderkind futbolchisi Usman Dembeleni tanlashga qaror qildik. Ayni paytda "Renn"ning sobiq futbolchisiga aylanib ulgurgan Dembele yosh bo'lishiga qaramasdan ko'p vaziyatlarda jamoasini o'z ortidan ergashtira oldi. Uning jozibali o'yinlari, noodatiy harakatlari va foydali ish koefficenti yuqori bo'lganligi uchun bir qator grand jamoalar unga ko'z tikishgandi. Ammo Dortmundning "Borussiya" klubi barchadan ildamroq harakat qildi va Franciya chempionatining kashfiyotiga aylangan futbolchini o'z safiga qo'shib olishga erishdi. Usman Dembele mavsum yakunlariga ko'ra, Franciyada eng yaxshi yosh futbolchiga topshiriladigan sovrinni qo'lga kiritdi.


Faktlar

- Eng ko'p gol urgan jamoa: PSJ (102)
- Eng ko'p gol o'tkazgan jamoa: "Trua" (83)
- Eng ko'p durang o'ynagan jamoa: "Marsel" (18)
- Eng ko'pol jamoa: "Gazelek Ayachcho"  (94 ogohlantirish va 6 chetlatish)

Di Mariya o'zining PSJ safidagi dastlabki mavsumini juda ko'tarinki ruhda o'tkazdi. Anxel ushbu mavsumda Franciya chempionatida 18 marotaba jamoadoshlarining gollariga assistentlik qildi va bu borada Franciya 1-divizionida rekord o'rnatdi.


Evrokuboklarda kimlar o'ynaydi?

CHempion PSJ, ikkinchi o'rin sohibi "Lion" to'g'ridan-to'g'ri o'z ishtiroklarini ECHL guruh bosqichidan boshlashadi. Bronza medallariga egalik qilgan "Monako" esa ECHL guruh bosqichiga chiqish uchun saralash o'yinlarida ishtirok etadi.
Evropa ligasi guruh bosqichiga qatnashish uchun "Nicca" yo'llanmani qo'lga kiritgan bo'lsa, "Lill" jamoasi saralash bosqichi orqali Evropa ligasinining guruh bosqichiga chiqishga urinib ko'radi.


Quyi ligaga yo'l olgan jamoalar

"Trua", "Gazelek Ayachcho" hamda "Reyms" jamoalari keyingi mavsumdan etiboran 2-divizion orqali yana 1-divizionga chiqishga harakat qilishadi.


Franciya 1-divizioni yangilari

Kelasi mavsumdan etiboran 1-divizionda "Nansi", "Dijon" hamda "Metc" jamoalari ishtirok etishadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика