FR: "Olimpik" hujumchisi ofsaydda edi"
23 iyu 2022 03:57
Yangiliklar
FR: "Olimpik" hujumchisi ofsaydda edi"
Saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev Otabek Jo'raqo'ziev tomonidan AGMK darvozasiga urilgan "gol"ning bekor qilinishiga to'xtaldi.
"Olimpik" urgan 2-"gol" bekor qilinishi bo'yicha etirozlar paydo bo'ldi. Bu vaziyatda stop-kadrdan noto'g'ri foydalanilgan. Aslida ofsayd chizig'i so'nggi himoyachi (Akrom Komilov)ning oyog'i turgan nuqtadan olinadi. Va lavha yaqinlashtirilsa, hujumga o'tayotgan o'yinchi (Otabek Jo'raqo'ziev)ning bosh qismi "liniya"ni kesib o'tgani ko'rinadi. Bu translyaciya jarayonida ko'rsatilgan boshqa rakursdagi kadrda yaqqol bilinib qoldi. VARda o'tirgan Rahimbek Karimov va Andrey Capenko ham mazkur qarorni tasdiqlab qo'ydi. Xullas, "Olimpik" hujumchisi haqiqatan ham o'yindan tashqari holatga tushib qoldi", — deyiladi xabarda.
Obuna bo'ling → "Futbol ANALIZI"
Fikrlar