So’nggi yangiliklar

12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  1 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  0 11:49Факт. Ўзбекистон Тошкентда Қатарга мағлуб бўлмаган   6 11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  1 10:28“Бавария“ рози бўлди  1 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  6 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  38 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  1 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  4 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  158 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1

Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (30-21 o'rinlar) Yangiliklar

Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (30-21 o'rinlar)

Jahon va Osiyo futbolini muntazam yoritib boruvchi saytlardan biri Fourfourtwo.com 2017/18 yilgi mavsum bo'yicha Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisi nomini malum qildi.

Kecha saytimiz orqali 50-31 o'rinlarda kimlar borligini ikki qismga bo'lgan holda bergandik. Bugun navbatdagi o'ntalikdan berishni boshlaymiz. Quyida 30-21 o'rinlar kimlarga nasib etganini keltiramiz. 

#30. Maya Yoshida (Yaponiya)
Klubi: 
"Sautgemton" (Angliya)
Ampluasi: Himoyachi
Yoshi: 29
Futbolchiga tarif: Yoshida "Sautgempton"da birdaniga o'z o'yinini topib keta olmagan. U dastlab Van Diykning "soyasi"da qoladi. Keyinchalik esa o'zini ko'rsatib mavsumning 22 o'yinidan 21tasida maydonga tushib, barchasida 90 daqiqa harakat qiladi. Yaponiyalik himoyachi o'tgan mavsum Liga Kubogi finalida MYUga qarshi ham to'p tepgan. 


#29. Akram Afif (Qatar)
Klubi: 
"Al Sadd" (Qatar)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 21
Futbolchiga tarif: 21 yoshda bo'lishiga qaramay, Akram Afif tezda o'zini ko'rsata oldi. U Ispaniya va Belgiyada ham o'zini sinab ko'rdi, biroq omadi kelmagach Qatarga qaytdi. U to'p bilan ham juda tez yuguradi. Qolaversa, Qatar terma jamoasining bugungi kunda eng yaxshi futbolchilaridan biri. 


#28. Navaf Al Obid (S.Arabistoni)
Klubi: 
"Al Hilol" (S.Arabistoni)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 28
Futbolchiga tarif: Saudiya JCH-2018da Rossiya bilan bo'ladigan ochilish o'yinida Navaf Al Obidga suyanishi kutilmoqda. Bu futbolchi ko'p gol urmaydi, lekin hujumlarni boshlab berishda juda zukko. JCH saralash bosqichida uning kiritgan uchta goli saudiyaliklarga mundialga chiqishida katta yordam berdi. 


#27. Li Jae Sung (J.Koreya)
Klubi: "CHonbuk Motors" (J.Koreya)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi:25
Futbolchiga tarif: Bu futbolchini Koreya futbolining brilliant o'yinchilaridan biri deyishmoqda. 25 yoshli yarim himochi ketma-ket uch yildirki Janubiy Koreya chempionatining yil yakunlariga ko'ra tuzib chiqilgan ramziy terma jamoasidan o'rin olmoqda. 


#26. Kengo Nakamura (Yaponiya)
Klubi: "Kavasaki Frontale" (Yaponiya)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 37
Futbolchiga tarif: Kengo 37 yoshda bo'lishiga qaramay, hamon bir tekis o'yin namoyish etib kelmoqda. U "Kavasaki"da bekorga 10-raqamda to'p surayotgani yo'q. Maydonda katta hajmdagi ishni bajaradi, jamoasining o'tkir hujumlari asosan u orqali boshlanadi. U o'tgan mavsum beshta gol urdi va 12ta golga hammualliflik qildi. 


#25. Ali Mabxut (BAA)
Klubi: "Al Jazira" (BAA)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 27
Futbolchiga tarif: Mabxut o'zining xulqi sabab ko'p bora muammolarga duch kelgan, shunga qaramay uni kuchli hujumchi deya olamiz. U 12ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Qolaversa, 2015 yilgi Osiyo Kubogi to'purari ekanini unutmaylik. 


#24. Yu Kobayashi (Yaponiya)
Klubi: "Kavasaki Frontale" (Yaponiya)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 30
Futbolchiga tarif: Bir jamoa safida uzoq yillardan beri o'ynab kelayotgan kam sonli futbolchilardan biri. Kobayashi 10 yildirki faqat "Kavasaki"da to'p tepyapti. U terma jamoa safida ilk bor to'rt yil avval maydonga tushgan. 30 yoshli hujumchi Yaponiya chempionatida oxirgi mavsum 23ta gol urdi. 


#23. Kaveh Rizoyi (Eron)
Klubi: "SHarlerua" (Belgiya)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 26
Futbolchiga tarif: Belgiya klubi safida 12ta gol urgan Kaveh Rizoyi Evropaga yo'l olishdan oldin "Istiqldol"da o'ynagan. Hozirda "SHarlerua" uning shartnomasini uzaytirish masalasini ko'rib chiqmoqda. Amaldagi shartnoma shu yilning oxirida tugaydi. 


#22. Karim Ansarifad (Eron)
Klubi: "Olimpiakos" (Greciya)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 28
Futbolchiga tarif: 2017 yilning yanvarida "Panionios"dan "Olimpiakos"ga ko'chib o'tgan Ansarifad dastlabki mavsumidayoq chempionlikka erishdi. Bu klubga Besnik Hasi bosh murabbiy etib tayinlangach, eronlik hujumchi muntazam asosiy tarkibda maydonga tusha boshladi. U 21 o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi. 


#21. SHinji Okazaki (Yaponiya)
Klubi: "Lester" (Angliya)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 32
Futbolchiga tarif: Okazaki Angliyaning buyuk klubida o'ynayotgani yo'q, biroq "Lester" uchun o'ta omadli xarid sanaladi. "Lester" Angliya chempioni bo'lgan mavsum u faqatgina ikkita bellashuvda ishtirok eta olmadi xolos. Okazaki JCHga boradimi? Bu haqda gapirish qiyin, chunki birinchidan uning yoshi 32da. Ikkinchidan, terma jamoaning oxirgi ikkita yig'iniga chaqirilmadi. U 50ta gol bilan terma jamoa to'purarlari orasida uchinchi o'rinda bormoqda.


Davomini kuting...

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика