So’nggi yangiliklar

21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  2 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  23 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0

Fotomaqola. Yagona gol o'yin taqdirini hal etdi Yangiliklar

Fotomaqola. Yagona gol o'yin taqdirini hal etdi

Oliy liganing 12-tur uchrashuvida "Lokomotiv" o'z maydonida "Qizilqum" jamoasi bilan kuch sinashdi va kichik hisobda g'alaba qozondi.

Uchrashuvda tezkor gol kiritilganidan so'ng ko'pchilik bugun "Lokomotiv" yirik hisobda g'alaba qozonsa kerak deb o'ylagan bo'lsa neajab...

SHu kuni Koryan o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etib bera olmadi. Koryanda hisobni oshirish uchun bir qator imkoniyatlar yuzaga kelgandi...

Hujumchi sifatida tanilgan Temurxo'ja Abduxoliqov "Lokomotiv"da asosan vinger rolida harakat qilmoqda

"Qizilqum" darvozaboni Erkin Jabborov uchun o'yinning dastlabki 20 daqiqasi katta bosim ostida o'tdi. Qolgan daqiqalarda uning darvozasi oldida deyarli keskin hujumlar kuzatilmadi.

"Qizilqum" standart vaziyatlari orqali "Lokomotiv" darvozasi oldida xavfli vaziyatlar sodir etib turdi. Lekin golga tortadigan vaziyatlar ularda deyarli yuzaga kelmadi...

Ikrom Aliboev ko'p mehnat qildi. Biroq futbolchi o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qilib bera olmadi. Vadim Abramov ham uchrashuvdan keyin o'rta chiziq vakillarining o'yinidan ko'ngli to'lmaganini takidlab o'tgani ham bejiz emas...

"Lokomotiv"ning muxlislaridan ham ko'ra ularning muxlisalari tobora ko'payib bormoqda. Bizning stadionlarimizda ham xotin-qizlar tashrifi asta-sekin ortib boryapti...

Koryan birinchi bo'limning o'zida ikkita gol kiritib dublni rasmiylashtirishi mumkin edi. Biroq futbolchi to'pni to'rga "tiqib" qo'ya olmadi...

Zaxirada qoldirilgan Damir Koyashevich hamda Marat Bikmaev ikkinchi taymda maydonga tushishdi. Lekin ularning maydonga paydo bo'lishi ham "Lokomotiv"ni o'yinini kuchaytirib yubora olmadi...

Uchrashuvda yagona maqtovga loyiq bo'lgan futbolchi bu Jasur Hasanov bo'ldi. Aynan uning yagona goli "temiryo'lchilar"ga muhim uch ochkoni keltirdi

Zaxiradan maydonga tushgan Marat Bikmaevda gol urish uchun imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo uning bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. Bu esa tabiiyki unga yoqmadi...


Uchrashuvning to'liq fotogalereyasini quyida tomosha qilishingiz mumkin.


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика