So’nggi yangiliklar

19:05Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" 0:0. Highlights  0 18:45"Камп Ноу"нинг очилиш санаси маълум бўлди  2 18:41Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ – Ўзбекистон (матнли трансляция)  2 18:25Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" Сирдарё ФАга 5 та гол урди, "Металлург" ишончли ғалабага эришиб, плей-оффга чиқди, "Қўқон-1912" сафарда "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  18 18:20АПЛнинг икки жамоаси "Лейпциг" ҳужумчисига даъвогар  0 17:50Мерсон: "Манчестер Сити" "Реал"ни шарманда қилди"  19 17:23АПЛнинг топ-клублари "Кристал Пэлас" вингерига қизиқишмоқда  0 16:56"Бу буюк мамлакат – Ўзбекистондаги биринчи ФИФА турнири бўлади" — Жанни Инфантино  10 16:30"Барселона" мухлисларининг Париждаги хатти-ҳаракати учун жаримага тортилди  1 16:01"Барселона" Ханси Фликни эҳтимолий бош мураббий деб ҳисобламайди  2 15:32"Манчестер Юнайтед" 3 нафар ҳимоячига қизиқиш билдирмоқда  0 15:00Ибороҳимҳалил Йўлдошев: "Қайрат" жамоаси мени илиқ кутиб олди ва жамоага яхши киришиб кетдим. Корея ва Япония терма жамоалари Осиё кубогида фаворит"  3 14:58Нагельсманн "немис машинаси" билан шартномани узайтирди  2 14:32Футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати-2024 мезбон шаҳарлари эълон қилинди  14 14:15Ўзбекистон клублари нега доим футболчилардан қарз бўлаверади? Камолиддин Мурзоев билан интервью  5

FOTOMAQOLA. Sergeev yig'lagan, Sidiqov esa singan. "Persepolis"ga qarshi o'tgan yilgi o'yin haqida Yangiliklar

FOTOMAQOLA. Sergeev yig'lagan, Sidiqov esa singan. "Persepolis"ga qarshi o'tgan yilgi o'yin haqida

Bugun, 30 sentyabr kuni OCHL G'arb mintaqasida chorak final o'yinlari bo'lib o'tadi.

O'zbekiston chempioni "Paxtakor" Eron chempioni "Persepolis"ga qarshi bahs olib boradi. Bugungi bellashuv oldidan ushbu jamoalarning o'tgan mavsum Toshkentda o'tkazgan o'yinlarini suratlar yordamida yana bir bor eslab o'tishga qaror qildik. Zero, OCHL-2019 doirasida o'tgan o'sha uchrashuv yaxshi va yomon voqeliklarga boy o'tgandi.

OCHL-2019ning "D" guruhidan joy olgan "Paxtakor" "Al Ahli" (S.Arabistoni), "Persepolis" (Eron) va "Al Sadd" (Qatar) jamoalari bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borgan. Yaxshi tarkib va ajoyib o'yinga ega "sherlar" guruhda 8 ochko bilan uchinchi o'rinni egallashgan. Ulardan tepada bo'lgan "Al Sadd" 10, "Al Ahli" esa 9 ochko jamg'argan. Guruhda so'nggi o'rinni egallagan fors klubi hisobida 7 ochko. To'rtta teng kuchli jamoalar joy olgan guruh bo'lgandi bu.

OCHL-2019 guruh bosqichining 5-turida "Paxtakor" o'z maydonida "Persepolis"ni qabul qilgan. CHempionlar ligasining bir yil oldingi finalchisiga qarshi munosib o'yin ko'rsatgan SHota Arveladze shogirdlari Sergeevning 86-daqiqadagi goli evaziga 3 ochkoni o'zlariniki qilib olishgan.

OCHL, "D" guruhi
5-tur
, 06.05.2019
Toshkent, "Paxtakor" markaziy stadioni, 17350 tomoshabin
"Paxtakor" - "Persepolis" 1:0
Hakamlar:
Kristofer Bit, Anton SHetinin, Eshli Bisham (Avstraliya), Mohd Amirul Izvan (Malayziya).

Gol: I.Sergeev 86 (pas D.CHeran).

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 34.Farrux Sayfiev, 15.Egor Krimec (s), 23.SHerzod Azamov, 3.Xojiakbar Alijonov, 20.Odiljon Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan CHeran, 99.Javohir Sidiqov (45.Sobit Sindarov, 25) (4.Akrom Komilov, 89), 21.Marat Bikmaev (11.Igor Sergeev, 79).
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 19.SHohruh Mahmudhojiev, 29.Vladimir Kozak, 55.Marko Simich.

"Persepolis": 1.Ali Rizo Beyranvand, 2.Omid Alishoh (19.Mario Budimir, 63), 4.Said Jalol Hussayni (s), 17.Mehdi SHiri, 28.Muhammad Nodiri, 7.Surush Rafeyi (9.Mahdi To'robi, 70), 8.Ahmad Nurollohi, 11.Kamoliddin Kamyabinia, 18.Muhsin Nodehi, 88.Siamak Nemati, 70.Ali Alipur
Zaxira: 44.Bozidar Radoshevich, 5.Bashar Resan, 10.Mehdi SHarifi, 21.Adam Hemati, Ali Taklimi.

Ogohlantirish: J.Masharipov 65.

Foto: Tolibjon Qosimov, Jahongir Fayzullaev

"Persepolis" CHempionlar ligasining amaldagi finalchisi va Eronning eng kuchli klubi sifatida Toshkentga kelgandi.


O'tgan yilgi o'yinni asosiy tarkibda boshlaganlardan faqat Marat Bikmaev hozir "Paxtakor" tarkibida emas. U "Lokomotiv"ga qaytib ketgan.


SHota Arveladze va Branko Ivankovich. Bugun ularning har ikkisi maydon chetida bo'lmaydi, Ivankovich fors klubidan ketgan bo'lsa, Arveladze karantinda bo'lgani sabab o'yinda bevosita qatnasha olmaydi.



SHerzod Azamov.


Dragan o'ziga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin xatto butsasi echilib ketganini bosh hakam Kristofer Bitga ko'rsatib jarima zarbasi so'ramoqda.


SHota ham hayron.


OCHL-2019ning guruh bosqichida ikkita va guruhga chiqish uchun saralash bosqichida ikkita gol urgan Marat Bikmaev.


Mehdi SHiri to'pni Farruh Sayfievdan olib qo'yishga urinmoqda.


Masharipovga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyingi ziddiyatli vaziyat. "Paxtakor"da raqiblar eng ko'p yiqitadigan o'yinchi aynan Jaloliddin.


Fors muxlislari.


Jalol Hussayni Sardor Sobirxo'jaevga qarshi chiqib kelmoqda. Sardordan bugun ham nimchorak finaldagi kabi pas kutib qolamiz.


Uchrashuvni "Paxtakor" markaziy stadionida 17350 tomoshabin bevosita kuzatib borgan.


Afsuski, bahsning 21-daqiqasida raqib o'yinchisi Sidiqovning oyog'ini bosib oldi va Javohir maydonga tizzasi bilan juda noqulay yiqiladi.


Yarim himoyachining yuzidan ham jarohat va og'riq qay darajadaligini bilish qiyin emasdi. Afsuski, o'sha pallada yonimdagi fotograflarga Sidiqovni anchaga yo'qotdigov deganim yodimda.

Foto Javohir Sidiqov jarohat oldi

1 yildan ko'proq vaqtni jarohatdan davolanish va tiklanishga sarflagan Javohir Sidiqov bugungi kunda yana maydonda javlon urib kelmoqda. Katta ehtimol bugun uni maydonda ko'ramiz.


CHeran boyagi jarima zarbasi belgilanmagan vaziyat uchun hakamga shunday tarzda munosabatini bildirgandi.


Bechora Masharipovni yiqitib charchashmagandi.


To'p uchun havodagi kurashda "Paxtakor" markaziy himoyachilari qurshovida qolib ketgan Muhsin Nodehi.


Sergeev Bikmaevning o'rniga zaxiradan maydonga tushganidan so'ng ketma-ket vaziyatlarga ega bo'la boshlagan.


CHeran OCHL-2019 saralashida bitta va guruh bosqichida bitta gol urgandi.


Bahsning 86-daqiqasida CHeranning pasidan keyin Igor chap tomondan darvozaga kuchli zarba berdi va ...


Va yo'l-yo'lakay himoyachiga biroz tekkan to'p darvozaning uzoq yuqori burchagidan joy olgandi.


Gol va golli pas mualliflari bir kadrda.


Alisher Toirovdan ajoyib parvoz)


Nigohlar va emociyalar...


Forslar darvozaboni Ali Rizo Beyranvand o'yin oxirida hujumga borgandi.


90+4-daqiqada Sergeev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketgan va Beyranvand to'pni qaytargandi.


Bosh hakamning final xushtagi chalinganidan so'ng Igor Sergeev ko'z yoshlarini tiyib tura olmagandi.


SHota Arveladze esa boshqacharoq yo'l tutgandi.



Video "Paxtakor" - "Persepolis" 1:0


Samimiy quvonchga to'la surat.



"Juda muhim va kerakli g'alabani tantana qildik" - SHota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani


O'sha kuni butun stadion Sergeevni olqishlagandi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика