Fotomaqola: "Nasaf" - "Paxtakor" 1:1
02 iyu 2014 13:27
Yangiliklar
Fotomaqola: "Nasaf" - "Paxtakor" 1:1
Galereyamizni dastlabki suratini asabi dosh bera olmaydiganlar tomosha qilishmasin. Kecha matnli translyaciyani Aleksandr Lobanovning rafiqasi ham saytimizda o'qib o'tirgan ekan. Birdaniga turmush o'rtog'ining chiqqan bu suratidan "shokka" tushibdi. O'yindan keyin yig'idan ko'z yoshini to'xtata olmayotgan rafiqasini Lobanov arang ovutdi. Mana o'sha surat. Bu vaziyatda SHomurodov juda ham qo'pol o'ynadi. Futbolchilarga ham oson emas. Jiddiy o'yinlarda, o'yinlar mana shunday jiddiy o'tadi.
SHoxruh Gadoevdan muxlislariga alangali salom. Oz qoldi sog'ayishiga. Incheonda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga qadar tezroq safga qaytishini tilab qolamz.
Ro'ziqul Berdievning jamoasi shakillanishda davom etayapti. Kecha birinchi bo'limda o'yin teng kechdi. Ikkinchisida esa "Nasaf"ning hujumlari soni juda oshdi. Ammo hamma jamoada bo'lgani kabi hujumni yakuniga etkaza oladigan "master"ga "Nasaf" ham muhtojdek.
Hujumdagi sheriklarini o'rniga Hamza Karimov gol urib ketdi. Sergeevdan esa omad yuz o'giryapti.
Bugungi "Bunyodkor"dan farqli ravishda "Paxtakor"ning himoyasi mustahkamroq. "Paxtakor" himoyachilari Gevorkyanni ushlay oldilar. Ammo uning jarimadan yo'llagan zarbasini Boyan qaytara olmadi. Jarima maydonchasi ichidagi epizodlarida esa poytaxtliklar o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlashdi.
"Paxtakor"da Sergeev, "Nasaf"da esa Taranning ishi yurishmayapti. Ushbu vaziyatda Taran "SHo'rtan"dagi ko'p yillik jamoadoshi Aleksandr Merzlyakovga qarshi o'ynayapti.
Bugun Qarshidagi hamkorimiz Sardor ukamizning tug'ilgan kuni. "Nasaf" matbuot xizmatida faoliyat olib borayotgan Sardorga uzoq umr va "Nikon D4" apparatiga ega bo'lishini tilaymiz.
Nodirxo'ja Yuldashev
Fikrlar