So’nggi yangiliklar

16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  2 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  10 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  2 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  21 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  15 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1

Fotomaqola. MTJ tayyorgarlikni boshladi yoxud "Jar"da jala quydi Yangiliklar

Fotomaqola. MTJ tayyorgarlikni boshladi yoxud "Jar"da jala quydi

O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018ning ikkinchi saralash bosqichiga tayyorgarlikni Toshkentdagi "Jar" stadionida boshladi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi terma jamoamiz "Jar" o'yingohida kecha yig'inning dastlabki kunidagi mashg'ulotlarni o'tkazdi. Mashg'ulot soat 18:00da boshlandi. Futbolchilar maydonga chiqib kelishlari bilanoq sharros yomg'ir qo'yvordi.


Kechagi mashg'ulotda yig'inga chaqirilgan 24 futbolchidan 22 nafari qatnashdi. Ikki legioner futbolchilarimiz Server Jeparov va Sanjar Tursunovdan tashqari barcha "Jar"da terma jamoa bilan birga edi. "Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedov garchi kecha jamoa bilan birga bo'lgan bo'lsada mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. SHuningdek, "Bunyodkor", "Nasaf" hamda "Paxtakor" azolari: Sardor Rashidov, Akmal SHorahmedov, SHohruh Gadoev, SHuhrat Muhammadiev, Farruh Sayfiev, Igor Sergeev va Egor Krimec kuni kecha O'zbekiston chempionatida tur o'yinlarini o'tkazganlari bois alohida tartibda engil yugurish va tiklanish mashqlarini bajarishdi. Ularga bu borada SHuhrat Maqsudov boshchilik qildi.


Akbar To'raev va Eldor Suyunov esa hech qanday cheklanishlarsiz mashg'ulotlarda ishtirok etishdi. Darvozabonlar murabbiyi Abdusattor Rahimov har uchchala kiper: Ignatiy Nesterov, Eldor Suyunov va Akbar To'raev bilan o'z dasturi bo'yicha ish olib bordi.

Aleksandr Volkov va Baxtiyor Ashurmatov qolgan barcha futbolchilarga maydonda jismoniy mashqlarni bajartirishdi. SHuningdek, mashg'ulotning ikkinchi qismida futbolchilar to'p bilan ishlashdi.

Mirjalol Qosimov yig'inning ilk kuni bo'lganligi uchun futbolchilarga og'ir yuklamalarni bajartirmadi va asosan engil mashqlarga etibor qaratildi.


Kuni kecha bu futbolchilar maydonda bir-birlariga qarshi to'p tepishgan edi. Lekin MTJ safida ular aka-uka, do'st, bitta katta oila bo'lib bosh maqsad sari olg'a intilishadi. Suratdagi futbolchilar terma jamoamizning kelajagi, yangi avlodi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ulardan umidimiz katta...



Mirjalol Qosimov Odil Ahmedov bilan juda ko'p suhbat qurdi. Odil terma jamoamizning etakchi futbolchisi va Qosimov unga o'yin falsafamizni yaxshilab tushuntirib, miyasiga singdirib borayotgan bo'lsa ajab emas. Odil hozirda o'zi to'p surayotgan Rossiya o'lkasida 2018 yili bo'lib o'tadigan mundialga olib chiqishda ko'maklashishi lozim. Bu borada aynan Ahmedov bizning asosiy "quroli"miz bo'lishi aniq



"Bunyodkor" - "Nasaf" o'yinida o'zaro tortishib qolgan Farruh Sayfiev va Akmal SHorahmedov o'rtasidagi nizoga chek qo'yildi. Har ikkala futbolchi ham bir-biridan uzr so'rab yarashib olishdi. Terma jamoa lagerida barchaning kayfiyati alo va hamma bir-biri bilan juda inoq. Mirjalol Qosimov Sayfiev va SHorahmedovning o'zaro yarashib olishganini "Eshitdik-da" ruknida bervorila, deb hazillashib barchani kayfiyatini yanada ko'tarib qo'ydi. Terma jamoa ustozi aytib o'tganidek, futbol bu shashka emas. Futbolda ehtiros va asablarni asrash qiyin. Futbolda bunaqangi holatlar uchrab turadi, bu tabiiy. Ha-ya, biz Sayfiev va SHorahmedovning yarashib olishganini nafaqat "Eshitdik-da", balki o'z ko'zimiz bilan "ko'rdik-da"...)



Vitaliy Denisov mashg'ulotlarda astoydil ter to'kdi



Terma jamoamizning eng kurashchan "uchligi": SHavkat Mullajonov, Bahodir Nasimov va Azizbek Haydarov



Suratda "Lokomotiv" klubi azolari va Eron klublarining ikki nafar futbolchisi...


Kechagi "Jar"dagi jaladan mana bunday tarzda himoyalanish mumkin edi...

Mashg'ulotning to'liq fotolareyasini quyida tomosha qilishingiz mumkin.


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика