Fotomaqola. Markaziy uchrashuvda tablodagi hisob o'zgarmadi
08 iyu 2015 09:00
Yangiliklar


Fotomaqola. Markaziy uchrashuvda tablodagi hisob o'zgarmadi
Futbolchilar g'alaba haqida o'ylab maydonga chiqib kelishayotgan edi...
SHohruh Gadoev uchrashuv davomida o'zining faol harakatlari bilan ajralib turdi. Lekin uning tashkil etgan hujumlarini yakunlay oladigan "snayper" etishmadi...
O'yinda ustunlik "Nasaf" tarafida bo'ldi. Uchrashuvdagi eng xavfli vaziyat ham "qaldirg'ochlar" darvozasi oldida sodir etildi. SHulardan birini Bahrom Abduraximov samarali yakunlashi mumkin edi. Biroq shu kuni Murodjon Zuhurov kerakli paytda o'z postini munosib tarzda qo'riqlay olganini alohida takidlash lozim
SHerzod Azamov hamda Artyom Filiposyan bir paytlar "Mashal" va "Nasaf" jamoalari safida birga to'p tepishgan. Sobiq jamoadoshlar shu kuni bir-birlariga qarshi harakat qilishdi. Aynan ularning ishonchli o'yinlari evaziga ham muxlislar uchrashuvda gol ko'rishmadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ikki do'st maydonda og'aynichilikni yig'ishtirib qo'yishdi va bir vaziyatda o'zaro kelisholmay, tortishib ham qolishdi. Futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. Keyinchalik yana tezda kelishib olishdi
SHu kuni Ivan Miloshevich Ilhom SHomurodovni yaxshi qo'riqladi. Butun 90 daqiqa davomida "Nasaf" hujumchisini zararsizlantira oldi
Nafaqat "Nasaf", balki "Bunyodkor"da ham hujum chizig'ida muammolar etarli. Vohid SHodievda jarohat bor, Zabihillo O'rinboev, Eldor SHomurodovlar esa Yoshlar o'rtasida JCHda ishtirok etishmoqda. Tarkibda hozir faqat Timur Ayupov qolgan. Ushbu yosh hujumchining harakatlari yaxshi, yomon emas. Biroq Ayupov bir o'zi oldingi chiziqda yakkalanib qolmoqda...
"Bunyodkor" safida eng yorqin o'yin ko'rsatgan futbolchi - bu darvozabon Murodjon Zuhurov bo'ldi. Bellashuv ko'p mehnat qilgan Zuhurov biroz toliqib qolgani suratda ham aks etdi. Akbar To'raevning asosiy tarkibda paydo bo'lmayotganiga sabab deb jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushan ham aynan ushbu kiperning ishonchli o'yinlarini misol keltirdi
Terma jamoadan chaqiruv olgan SHohruh Gadoev yana avvalgi mavqeini tiklab borayotgani quvonarli holat albatta
Maydonda eng ko'p qora mehnatni bajargan Erkin Baydullaev shifokorlar yordamidan ham foydalanishga majbur bo'ldi. CHunki o'yin keskin kurashlar boy bo'ldi
SHuhrat Muhammadiev o'z qanotida har doimgidek faol o'ynadi
Sobiq jamoadoshlar, ustoz va shogird desak ham mubolag'a bo'lmasa kerak. Murodjon Zuhurov hamda Eldorbek Suyunov bir vaqtlar "ajdarlar" tarkibida birga harakat qilishgan. Zuhurov darvozani qo'riqlagan paytda yosh Suyunov jamoaning uchinchi kiperi sanalardi. O'yindan keyin bu ikki darvozabon eski damlarni eslashgan bo'lsa neajab
Sardor Rashidovning o'yinida pasayish kuzatilayotgani bor gap. Uning o'yini chiqmasa "Bunyodkor"ning natijalari ham pastlab ketmoqda. Kechagi uchrashuvda "ajdarlar"ning himoya qo'rg'oni Rashidovni zararsizlantirishda katta muammolarga duch kelishmadi
Uchrashuvning to'liq fotogalereyasini quyida tomosha qilishingiz mumkin.
SHahboz Beg'amov

Fikrlar