So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  3 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  35 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Fotomaqola: "Manchester Siti" egasi Toshkentdan uch ochko oldi Yangiliklar

Fotomaqola: "Manchester Siti" egasi Toshkentdan uch ochko oldi

Afsuski, hisobdagi uchichni o'yinda ham mag'lubiyatga uchradik. Afsuski, ikkinchi mag'lubiyali fotomaqolani elon qilamiz.



Jamoa bosh murabbiyi, klubda ichki muammolar bor ekanligini aytib o'tdi. Aftidan 3 yil ichida ikkita chempionlikni qo'lga kiritgan bu "yosh"larga endi O'zbekistonda o'ynashni qizig'i qolmagan. Marra zabt etilgan ko'rinadi, faqat ular uchun zabt etilgan. MTJ doirasida hali sariq chaqalik ish qilinmagan. Agar bu klub libosini moddiy tomondan o'lchayotgan bo'lsalar, marhamat qilib uni almashtirsinlar. Bu jamoaning nomiga dog' tushiradiganlar, uni pul bilan o'lchaydiganlar avval atrofga qarasinlar, qaerga bormasin, ularni futbolchi sifatida emas, "Paxtakor" azosi sifatida kutib oladilar. Undan ko'ra ikki xissa ishlab, Qosimov, Jeparov, Ahmedov kabi futbolchilarga o'xshab ketmaysanmi, shunda terma jamoaga ham nafing tegadi degilaring kelib ketadi. Buning uchun avvalo o'ynash kerak, pul keyin o'zi keladi. 



Bu jamoada esa pul bilan muammo yo'q. Suratda o'rtada o'tirgan kishi "Manchestr Siti" egasi Mansur ibn Zayd al-Naxayyanning tug'ishgan ukasi. Istasa, "Al Ayn"ni Osiyoning eng kuchli jamoasiga aylantira oladi. Ammo ular uchun BAA chempionati muhim, avval ham aytganimizdek, BAA jamoalari istasalar guruhda peshqadamlikni qiyinchiliksiz qo'lga kiritadilar.



"Bunyodkor"da bo'lgani kabi, "Paxtakor"dagi legionerlarning raqiblarnikiga solishtirganda farq katta. Stoxning kechagi goli o'ylangan va o'lchalgan edi.


Bu  hakam bir yiqilib tushganidan keyin o'zgardi qoldi. Birinchi bo'limda juda ko'plab vaziyatlarni beetibor qoldirgan OCHLning eng yosh hakami, ikkinchi bo'limda "Paxtakor" foydasiga ko'plab qarorlarni chiqardi. Stox esa zaxira hakamini haqorat qilganligi uchun maydondan chetlatildi.



O'yindan keyin bu murabbiyga saytimiz nomidan rahmat aytdik. Avvalo tarkibni teng ikkiga bo'lgan holda ham OCHL, ham BAA ligasida birinchi o'rinda ketyapti. Undan keyin, kecha bizni hayratga solgani, "Al Ayn" futbolchilari hisobda oldinga borayotgan bo'lsalarda, biron marotaba o'yinni cho'zishga harakat qilmadilar. Aynan shuning uchun biz unga rahmat aytdik va keyingi o'yinlarda ham shunday harakat qilishlarini tiladik. O'z navbatida murabbiy, bunday etirof uchun rahmat aytgan holda, bunday ishlar katta klublarga yarashmasligini qo'shimcha qildi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика