So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  2 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  6 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  10 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

Fotomaqola. G'uzordagi o'yinda "Olmaliq" iroda ko'rsatdi Yangiliklar

Fotomaqola. G'uzordagi o'yinda "Olmaliq" iroda ko'rsatdi

Oliy liganing 8-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Olmaliq" (3:3) uchrashuvi juda qiziqarli kechdi va bu o'yinda tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi.
Bu bellashuv so'zsiz turning eng qiziqarli o'yini bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Teng kurashlar ostida o'tgan bahsda har ikkala jamoa ochiq futbol namoyish etib berishdi.

O'yindan oldin har ikkala jamoa sardorlari: Viktor Karpenko hamda Evgeniy Gogol. 


"SHo'rtan" azosi G'ulom Haydar Gulyamovdan havodagi "balet" raqsi...

Viktor Karpenko shu kuni ikkita to'p kiritdi. Biri jarima zarbasidan, ikkinchisi jarima maydonchasi tashqarisidan. Har ikkisi ham turning eng chiroyli goliga munosib bo'ldi. Karpenko "SHo'rtan"da ikkinchi yoshligini boshlagan...


Uchrashuvda ushbu ikki legioner futbolchilar Nemanya Yovanovich hamda Darko Stanoevich bir-birlari bilan juda ko'p to'qnashdilar. Darko shu kuni Yovanovichni yaxshi qo'riqladi deyish mumkin.


Birinchi bo'limda "Olmaliq" futbolchisi Salamat Quttiboevni raqib himoyachilari jarima maydonchasi ichida yiqitishdi. Biroq Kovalenko futbolchi o'zi yiqilishni istadi deb topdi va penalti belgilanmadi.


Kamiga futbolchiga simulyaciya ishlatdi deb sariq kartochka ko'rsatildi. Bu vaziyat esa "Olmaliq" vakillariga yoqmadi. 


"SHo'rtan"ning ushbu futbolchisiga vohaning boshqa bir jamoasi tomonidan qiziqish bo'layotgani haqida xabarlar tarqalgan. O'zbek David Silvasini keyingi mavsumda boshqa libosda ko'rsak ajab emas...


"Qaerga qochyapsan, baribir etib olaman", - deb yugurayotganga o'xshaydi "SHo'rtan" azosi...


Bu suratda stadionning "CIP" hamda "Media-tribune" lojalari ko'rinish bermoqda. Pastki qatordagi stulda "Olmaliq" klubi matbuot xizmati boshlig'i Baxtiyor aka SHirinov o'tiriptilar. Tepaga chiqmaganlar, sababi u erda ishlash uchun shart-sharoit deyarli yo'q. SHu bois Baxtiyor aka telefon orqali o'yin tafsilotlari bilan keng ommani boxabar etmoqdalar.


Bu insonni "SHo'rtan"ning eng jonkuyar muxlisi desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Aynan shu joylariga "No comment" degan jumla ishlatiladi


"Nike"  reklamasibop rasm. Fotomuxbir sifatidagi debyut o'yinimda bu kabi kadrlar uchragani chakki bo'lmadi shekilli...)


Jamoasini qiyin ahvolda qoldirib qizil kartochka olgan Evgeniy Gogol o'yinni qolgan qismini maydonning chetida tik turib kuzatib bordi


G'uzorda futbolga qiziqish yuqori. Stadionga kelgan 6 mingga yaqin tomoshabin jamoasini tinimsiz qo'llab-quvvatlab turishdi. Lekin uchrashuv so'nggida "Olmaliq" jamoasini olqishlab, "SHo'rtan"ni keskin tanqid qilishdi. Ularni tushunish mumkin. G'uzorliklarning ko'z oldilari ketma-ket ikkinchi bor g'alaba o'yinning so'nggi daqiqalarida qo'ldan boy berilmoqda. Bu safar bir kishi kam o'ynagan "Olmaliq" yuksak iroda namoyish etdi va mag'lubiyatdan qutilib qoldi.


"SHo'rtan" matbuot xizmati "malikalari": Zamira Muratova (rahbar) hamda Diana. O'yindan keyin "SHo'rtan" matbuot xizmati vakillari futbolchilar bilan ham suhbat uyushtirishdi. Oliy ligada kamdan-kam kuzatiladigan holat. Bu borada ularga maqtov aytsa bo'ladi. Faqatgina klub jurnalistlar ishlashi uchun sharoitni yaxshilashi kerak. Stadionning media-tribunasi PFL talablariga ham mos kelmaydi. Qachongacha OFKdan komissiya kelishi kutamiz? Ungacha sharoit qilish shu qadar muammomi?


Temur Jo'raev o'yinda bir marta chinakamiga jamoasini goldan saqlab qoldi va Salomovning hujumini bartaraf etdi. Mana o'sha vaziyat


Baxtiyor SHirinov uchrashuvni diqqat bilan kuzatib bordilar


Uchrashuvda mana bunga o'xshagan juda ko'p to'qnashuvlar bo'ldi. Bu o'yin har bir jihatdan juda keskin kechdi.


Kurash sport turi bo'lganida bu holatda "SHo'rtan" futbolchisi "halol" yiqitilgan deb topilgan bo'larmidi...


"Penalty" loyihasining uchinchi soni mehmoni - Zohir Pirimovni G'uzorda ko'rib qoldik.


Jamol Otaqulov va "Penalty" mehmoni Zohir Pirimov


Yana o'sha Otaqulov va Pirimov. Bu safar "kung-fu"cha usulni qo'lladi "SHo'rtan" himoyachisi...


"Nosvoydan oling aka"...


Havodan kelayotgan to'pga Temur Jo'raev  mushti bilan zarba bermoqchi, Kashkaval esa boshi bilan gol urmoqchi...


Uchrashuvni boshqarib borgan hakam Valentin Kovalenkoning bazi qarorlari "Olmaliq" vakillariga yoqmadi va referi tomon juda ko'p etirozlar bildirildi

Uchrashuvning to'liq fotogalereyasini quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Foto va sharh: SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика