So’nggi yangiliklar

01:25Симоне Индзаги "Манчестер Юнайтед"га рад жавобини берди  0 00:55Испания Суперкубоги. "Барселона" биринчи бўлимнинг ўзида "Атлетик"ни янчиб ташлади  26 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:35АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Брайтон"ни меҳмон қилмоқда, Ҳусанов асосийда (онлайн ҳисоб)  18 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  2 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  3 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16

Fotomaqola: "Championat.asia" Madridda! "Real" muzeyiga sayohat Yangiliklar

Fotomaqola: "Championat.asia" Madridda! "Real" muzeyiga sayohat

"El Klassiko"ni tomosha qilganimizdan so'ng, "Santyago Bernabeu" stadioniga sayohat qildik.

1947 yilning 14 dekabrida foydalanishga topshirilgan "Santyago Bernabeu" stadioni bugungi kunda "Real Madrid" jamoasining ko'p yillik tarixining bir bo'lagiga aylanib ulgurgan. Aynan shu stadion ne-ne yulduzlarni ko'rmadi deysiz. Di Stefanodan tortib, Zidangacha. Rauldan ikki Ronaldugacha. U erda faoliyat olib borgan murabbiylarni aytamasa ham bo'laveradi.

"El Klassiko"ning ertasiga bizga ham mana shu stadion muzeyiga sayohat qilish nasib etdi.


Stadion bo'ylab tur aynan shu nuqtadan boshlanadi. CHiptalar narxi har xil. 24 evroga gid bilan chipta olasiz. Gidsiz 19 evro. Agar tashrifchilar soni 20 nafardan oshsa chiptalar 14 evrodan tushadi. Madridliklar uchun esa narxlar biroz arzonroq. Oylik abonimenti borlarga, abonimentning turiga qarab bepul chipta olishingiz mumkin.


Avvaliga stadionni tomi bo'lmagan. Issiq kunlarda maxsus qog'oz qalpoqchalar muxlislar tomonidan katta talab bilan xarid qilinadigan mahsulotlardan biri bo'lgan.


Bu to'plar 1930/40 yillarga oid bo'lib, aynan "Real"ning o'sha davrdagi futbolchilari tomonidan ishlatilgan.


"Real"ning o'zbekistonlik muxlislari "o'z" kuboklarining oldida...


Bu esa "Real"ning tirik afsonasi RAULning 1998 yilda kiygan butsasi.


Muzey ichiga kirar ekansiz, devorlarga o'rnatilgan maxsus sahnalarda "Real"ning har 10 yilligiga bag'ishlangan videoroliklarni tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.


Ota-onalar farzandlarini "Real" tarixi bilan jonli ravishda tanishtirishga harakat qiladilar. Buning uchun mamuriyat ularga tayyor qo'llanmalarni yaratib bergan. Siz devor tagidagi videoyo'qlamalar oldiga kirasiz va yil bo'ylab o'zingiz istagan kubok tarixini bosasiz. Olingizda video sharh sizga tarix haqida so'zlaydi.


1902 yil "Real"ning logosi mana shunda ko'rinish olgan. Hozigisi hisobdagi ettinchisi hisoblanadi.


REKLAMA: Dastur homiysi, "OREO" savdo belgisi... "Real"ning 1959 yilda bugungi ECHLni yutgan tarkibi...


Bugungi asosiy tarkib azolarining liboslari mana shunday tartibda muzeydan joy olgan.


"So'yloq" Ronaldoning "Real" muzeyida tutgan o'rni katta. Aynan u tomonidan qo'lga kiritilgan bir necha sovrinlarning nusxalari maxsus holatda ko'rgazmaga joylangan.


Har xil ko'rinishdagi trubalarda turli yillardagi "Real" muxlislarining hayqiriqlarini eshitishingiz mumkin...


ECHL Kuboklaridan qancha kerak?


Birgina di Stefanoda undan 5tasi bor...

Bugunga shular etadi. Davomi ertaga...

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика