So’nggi yangiliklar

16:05Ўзбекистон футзал терма жамоасининг барча футболчилари ва мураббийлари имзоси туширилган тўпни ютиб олинг!  0 15:47"Саутгемптон" - МЮ. Асосий таркибда кимлар бор?  1 15:45Португалия футзал терма жамоаси устози: "Гуруҳимиздаги барча рақиблар ўз қитъасида энг кучлилари"  1 15:44Нидерландия дарвозабони Мика Спигт: "Гуруҳда иркит ўрдакча бўлишни истамаймиз"   0 15:25Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Жуда қийин гуруҳдан жой олдик, аммо ватанимиз шаъни учун муносиб курашамиз"  0 15:10Футзал бўйича ЖЧ. Хорватия - Таиланд баҳси учун асосий таркиблар эълон қилинди  1 14:58Тожикистон футзал терма жамоаси сардори: "Ўзбекистонлик мухлислар ҳам бизни қўллаб-қувватлашади деган умиддаман"  2 14:13Рэшфордга МЮ собиқ футболчиларининг танқидлари ёқмаяпти  2 14:10Нидерландия футзал терма жамоаси устози: "Ўзбекистоннинг мундиалгача бўлган барча тайёргарлик жараёнларини ўргандик"  1 13:57Деку: "Левандовски - энг зўр форвардлардан бири"  1 13:55Элбек Тўлқинов: "Нидерландия терма жамоаси асосан йирик гавдали футзалчилардан иборат экан"  1 13:41ЖЧ-2024. 1-тур. Парагвай — Коста-Рика. Превью  0 12:21"Реал"дагилар ҳавотирда  1 11:57Пеп "Сити"нинг 115та қоидабузарлиги ҳақида: "Бутун АПЛ бизни жазолашларини хоҳлаяпти"  2 11:50Карим Моссауи: "Жаҳон чемпионати торт устидаги безакдир"  0

FOTOMAQOLA. "Ardus" - so'nggi ikki Associaciya kubogi g'olibi Yangiliklar

FOTOMAQOLA. "Ardus" - so'nggi ikki Associaciya kubogi g'olibi

Bugun futzal bo'yicha Associaciya kubogining bu yilgi bahslariga start berildi.

Bu safar avvalgilardan farqli o'laroq, g'oliblik uchun 20ta jamoa kurash olib boradi.

Associaciya kubogi bellashuvlari 2009 yildan buyon o'tkazilib kelinmoqda. Unda "Ardus" 4 marotaba, "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Maksam-CHirchiq" jamoalari esa bir marotabadan g'olib bo'lishgan. Musobaqada oxirgi ikki yil Toshkentning "Ardus" klubi g'oliblikni hech kimga bermayapti. Quyida Associaciya kubogining 2014 va 2015 yilgi finallarini suratlar yordamida yodga olamiz.

Associaciya kubogi-2014

Final, 30.09.2014

"Paxtakor" - "Ardus" 0:4
Gollar:
E.Xoshimov 10, D.Irsaliev 14, D.CHoriev 25, D.Abduraxmonov 34

"Paxtakor": 12.Elyor Samadov, 4.Nodir Isroilov, 13.Ilnar Baxtiev, 5.Maxkam Nigmatov, 10.Zuhriddin Ziyomuhamedov, 11.Iskandar Xolmatjonov, 7.Ilhom Rajabov, 17.Aleksandr Kartauzov, 8.Aleksey Laktionov, 3.Davron Turanov, 6.Miravaz Xidoyatov, 19.Artur Aminov, 1.Akbar Usmonov.

"Ardus": 12.Nikolay Kravchenko, 1.Murodxo'ja Azamatov, 2.Dilshod Irsaliev, 3.Maxmud Alixo'jaev, 4.Alan Aminov, 5.Sarvar Raxmatxonov, 7.Davron Abduraxmonov, 8.Temur Sadirov, 9.Zarif Begulov, 10.Davron CHoriev, 13.Eldor Xoshimov, 14.SHaxzod Bo'riev, 11.Mirjavoxir Mirxamidov, 6.Azam Saidaxmatov.

Ikki yil oldin "Paxtakor" jamoasi Associaciya kubogida porlagan edi. Afsuski, klub o'shandan keyin faqat ortga qarab ketdi.


"Paxtakor" azosi Mahkam Nigmatov Alan Aminov va Davron CHorievlarni ortda qoldirmoqda. Yuqorida o'tirgan 4 nafar tomoshabinga etibor berdingizmi? Ular o'sha paytda Birinchi ligada harakat qilgan "Istiqlol" klubi futbolchilari. O'ngdan eng chetdagisi esa bugungi kunda Oliy liga to'purarlari orasida 13ta gol bilan uchinchi o'rinda borayotgan SHoxruz Norxonov.


"Ardus"ning o'sha paytdagi umidli yoshlardan iborat ikkinchi to'rtligi uchta golga mualliflik qilgan edi.


So'nggi ikki musobaqada jamoani g'oliblik sari etaklab kelgan Nikolay Odushev bu yil yangi tuzilgan "Metallurg" klubiga bosh murabbiy bo'ldi. Bu yilgi bahslarda Odushevni bekobodliklar murabbiyi sifatida kuzatamiz.


"Ardus"ning oxirgi yillardagi sardori SHaxzod Bo'riev kubokni boshi uzra ko'tarmoqda.


SHaxzod Bo'riev o'sha paytdagi jamoadoshi va do'sti Timur Sadirov bilan birga.


Associaciya kubogi-2015
Final
, 14.10.2015
“Olmaliq” – “Ardus” 1:3
Gollar:
J.SHaripov 23 - D.Abdurahmonov 19, 36, 37
Amalga oshirilmagan dabl penalti:
D.Irsaliev 19

"Ardus":
Nikolay Kravchenko, Ravshan Eliboev, Dilshod Irsaliev, Farhod Abdumavlonov, SHaxzod Bo'riev, Dilshod Raxmatov, Davron Abdurahmonov, Eldor Hoshimov, Davron CHoriev, Alan Aminov, Ilhom Xamroev, Sarvar Raxmatjonov, Nodir Eliboev, Elyor Samadov.

"Olmaliq":
Rustam Umarov, Jamoliddin SHaripov, Konstantin Sviridov, Andrey SHlema, Javlon Anorov, Klim Tyugaev, Baxtiyor Umarov, Xurshid Umaraliev, Jasur Sodiqov, Sunnat Kuralov, Timur Sadirov, Sirojiddin Mahmudov, Maqsud Fayzullaev, Rustam Tog'aev.

Ogohlantirishlar:
J.Sodiqov 25, S.Kuralov 25 – D.Abdurahmonov 36
CHetlatishlar:
K.Sviridov 39, J.Sodiqov 39


O'tgan yili finalga kutilganidek "Ardus" va "Olmaliq" etib kelgan edi.


"Ardus"ning Associaciya kubogini to'rtinchi bor qo'lga kiritgan tarkibi.


O'tgan yilgi finalning haqiqiy qahramoni - Davron Abdurahmonov. U jamoasining har uchchala goliga ham mualliflik qilgan edi.


"Olmaliq" 2015 yilda mavsumdagi ilk musobaqada "Ardus"dan engilgan edi, mavsumning oxirgi o'yinida esa Oliy liga finalida aynan "Ardus"ni mag'lub etib chempion bo'ldi.


Associaciya kubogi-2015 g'oliblari.


Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami FIFA referisi Ravshan Ermatov mini futbolga ham befarq emas.


Associaciya kubogining 4 karra g'olibi - "Ardus"!


Tolibjon Qosimov


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика