Fotofakt! Andijonlik futbolchilar o'yindan keyin yig'lashdi
25 avg 2014 14:04
Yangiliklar
Fotofakt! Andijonlik futbolchilar o'yindan keyin yig'lashdi
Poytaxtimizda sport ustasi, “Paxtakor” futbol klubining sobiq azosi Bahodir Ibrohimov xotirasiga bag'ishlab ilk bor o'tkazilgan turnir bugun nihoyasiga etdi.
Xotira turnirining 3-o'rin uchun kechgan bahsida Bekobodning “Metallurg” hamda Andijon viloyati futbol maktabi tarbiyalanuvchilari o'zaro bahs olib borishdi. O'yinda bekobodliklar 3:0 hisobida zafar quchishdi.
Bosh hakam final hushtagini chalgach, andijonlik yosh futbolchilar mag'lubiyat alamiga chiday olmay yig'lab yuborishdi. Men shuncha payt kattalar futbolida yurib, oliy va birinchi liga o'yinchilarining mag'lubiyatdan so'ng yig'lashganini ko'rmaganman.
Ammo bolalar futbolida hamma narsa bo'lishi mumkin. Bolalar - beg'ubor, ular hamma ishni yurakdan bajarishadi. SHuning uchun ham bolalarni asrashimiz kerak. Yig'layotgan futbolchilarni futbolimiz faxriysi To'lagan Isoqov ovutishga urindi. Lekin bunaqa paytda bolalarni jim qilib bo'larmidi.
X.Xoliqov.

Fikrlar