So’nggi yangiliklar

16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  0 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  2 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  5 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  4 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  2 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  7 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  5 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  19 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  2 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  8 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  6 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1

Fotoarxiv. "Xorazm"ning Superligada o'tkazgan oxirgi mavsumi yodingizdami? Yangiliklar

Fotoarxiv. "Xorazm"ning Superligada o'tkazgan oxirgi mavsumi yodingizdami?

Teglar :  Xorazm
"Xorazm" jamoasining Superliga uchun qilayotgan harakatlari davom etmoqda.

So'nggi bor 2009-2010 yilgi mavsumda Superliga havosidan bahramand bo'lgan xorazmliklar oradan 14 yil o'tib yana elitada o'zlarini sinab ko'rishlari mumkin. Albatta barchasi ular uchun ijobiy yakun topsa. Aslida "Xorazm" 1996 yildan 2000 yilgacha muntazam Superligada ishtirok etgan. Aynan 2000 yilgi mavsumdan so'ng mamlakat futbolida orada katta tanaffus yuzaga keldi. 5 yildan so'ng 2006 yilgi mavsumga kelibgina jamoa yuqori ligaga qaytdi va o'sha yili yana quyiga tushib ketdi. Endi esa muxlislar suyuklilarini 2009 yilga kelibgina Superligada ko'rishdi. 


2009 yilgi mavsumda Urganchga yulduzli tarkibga ega, safida Rivaldo, Soliev, Ashurmatov, Gochkuliev kabi nomlar bo'lgan "Bunyodkor" tashrif buyurgan. Superliga (Oliy Liga) 6-turida jamoalar o'zaro to'qnash kelgan bo'lib stadionga tashrif buyurgan muxlislarning sanog'i yo'q edi. Mazkur uchrashuvda birinchi bo'lib maydon egalari hisobni ochgan, Ro'zimboy Ahmedov 31-daqiqada Pavel Bugalo darvozasiga yo'l topgan. 

45-daqiqada Gochkuli Gochkuliev hisobni tenglashtiradi va jamoalar tanaffusga durang natijasi bilan yo'l oladi. Ikkinchi bo'limda esa tajriba o'z so'zini aytmay qolmagan, Rivaldo "Bunyodkor"ga g'alaba keltirgan golga mualliflik qilgan (1:2). SHu kuni stadionga 21 275 nafar tomoshabin tashrif buyurganining o'zi o'yinga bo'lgan qiziqishni aytib turibdi. 

VIDEO


2009 yil yakunlariga ko'ra "Xorazm" 16 ta jamoa orasida 10-o'rinni egallab Superligada o'rnini saqlab qolgan. Klub 30 ta o'yinda 9 g'alaba, 11 durang, 10 mag'lubiyat qayd etgan. Bir yil avval quyi ligada jamoasi 22 ta gol bilan to'purar bo'lgan Ro'zimboy Ahmedov Superligada Vladimir Baranov bilan birga 5 ta gol bilan eng yaxshisi sifatida qayd etilgan. Keyinchalik Ro'zimboy Ahmedov "Paxtakor"ga yo'l olgandi. Bu mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing. 

Darvozabonlar: G'ayrat Hasanov, Erkin Jabborov, G'ayrat O'daev, Mansur Qurbonov

Himoyachilar: Faxriddin Xolmurodov, Jasur Hamraev, Masud Toirov, Aleksandr Ejov, Mirjalol Qurbonov, Afzal Azizov, SHerzod SHaripov

Yarim himoyachilar: Azamat Bobojonov, Rustam Qurbonboev, SHerzod Raimjonov, Ilyos Xayrov, Murodboy Abdumuratov, Maks Kuranbaev, Ravshan Otaniyozov, Inomjon Otaboev, Timur Vasilev, Abdumajid Toirov

Hujumchilar: Muxtor Qurbonov, Ro'zimboy Ahmedov, Umid Isoqov, Zafar Xolmurodov, Vladimir Baranov, Everton (Braziliya), Sarvar Ibodullaev


2010 yilgi mavsumni esa "Xorazm" juda muvaffaqiyatsiz o'tkazgan. Yil davomida faqat 2 ta o'yindagina 3 ochko qo'lga kiritishni uddalagan bo'lsa ("Qizilqum" 3:1, "Neftchi" 2:1), 7 ta o'yinda bir ochko ishlagan, 17 ta bahsda mag'lubiyatga uchragan. 14 ta jamoa qatnashgan Superliganing oxirgi jamoasi bo'lib yana Pro liga (Birinchi liga) tomon ravona bo'lgan. Bu mavsumda Zafar Polvonov 9 ta gol bilan jamoasi to'purariga aylangan.

Darvozabonlar: G'ayrat Hasanov, Erkin Jabborov, G'ayrat O'daev, Valentin Poltavec (Ukraina)

Himoyachilar: Javodullo Ibragimov, Maruf Po'latov, Azamat Isaev, Baxtiyor Ashurmatov, Mixail Mahviladze (Gruziya), Mirjalol Qurbonov, Rustam Azamov, Ibrohimjon Rahimov, Obid Jo'raboev, Davronjon Fayziev, Yarim himoyachilar: Rustam Azamov, Rustam Qurbonboev, Ilyos Xayrov, Bekzod Otaniyozov, Murodboy Abdumuratov, Omon Abdug'aniev, Ali Yo'ldoshev, Rustam Hakimov, Xurmat Romanov, Aziz Rahmanov, Marks Kuranbaev, Ikromjon Ibragimov, Umid Yakubov, Renat Bayramov

Hujumchilar: Levan Mdinishvili (Gruziya), Azizxon Ibragimov, Govanchmuhammad Ovekov, Zafar Polvonov, Ro'zimboy Ahmedov, Zafar Xolmurodov, To'lqin Mirzaev, Anvar Abduqodirov, Everton (Braziliya), Sarvar Ibodullaev


Suratlar uchun taniqli fotograf Hasan Pirmuhammedovga minnatdorchilik bildiramiz. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика