So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Fors taronalari taralgan kunda "Turon"ning to'yga aylangan tantanasi Yangiliklar

Fors taronalari taralgan kunda "Turon"ning to'yga aylangan tantanasi

Darhaqiqat, kecha kun ajoyib o'tdi. Bir tomondan Jahon chempionati ikkinchi tur uchrashuvlari, ikkinchi tomondan Yaypanda mavsumning yakuni.

Wales

World Cup Grp. B . 2-tur

25/11/2022, 15:00

2
:
0
Tugadi

Iran

Roozbeh Cheshmi - 90', Ramin Rezaeian - 90'

Stadion: Ahmed bin Ali Stadium, 40875 tomoshabin

Bosh hakam: Mario Escobar

45'
90'
45'  Joe Rodon
57'  Harry Wilson (Brennan Johnson)
57'  Connor Roberts (Daniel James)
77'  Ethan Ampadu (Joe Allen)
85'  Wayne Hennessey
86'  Wayne Hennessey
87'  Aaron Ramsey (Danny Ward)
16'  Ali Gholizadeh
68'  Sardar Azmoun (Karim Ansarifard)
77'  Ali Gholizadeh (Alireza Jahanbakhsh)
77'  Ehsan Haji Safi (Mehdi Torabi)
78'  Ahmad Nourollahi (Roozbeh Cheshmi)
83'  Saeid Ezatolahi (Ali Karimi)
90'  Ramin Rezaeian
90'  Alireza Jahanbakhsh
90'  Roozbeh Cheshmi
90'  Ramin Rezaeian
90'  Mehdi Taremi


Bu Karlush Keyrushning Eroni 

O'yinning borishi-yu, so'nggi daqiqalarda forslarning g'alabani ilib ketishi, bittada hamla qilish. Bularning barchasi Eronga aniqrog'i Keyrushga hos uslubdir. Esingizdami Toshkentda forslarga qarshi kechgan o'yin? Oxirgi daqiqalar alami. Uels boshiga bugun shu kun tushdi. O'xshatish yoqimsiz bo'lishi mumkin. 

Birinchi bo'limda o'yin nazorati borasida tenglik bo'ldi. To'pni ushlashda Uels katta ustunlikka erishganiga qaramay, darvozalarga yo'llangan zarbalarda tenglik yuzaga keldi. 4/2 - 4/2. Eron 38 bor hujum uyushtirdi, 13tasi xavfli ko'rinish oldi. Uelsda bu ko'rsatkich yuqoriroq, 62/28. 

Ikkinchi bo'lim chinakamiga Keyrush shogirdlariga ataldi. O'yinda ham, hisobda ham forslar g'alabaga loyiq ekanliklarini ko'rsatdi. Ayniqsa 50-60 daqiqalar oralig'ida Eron hisobni ochib olishi mumkin edi. Darvoza to'sini, Hennesining mahorati, etishmagan omad va hokazo. 85-daqiqada Hennesi to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'yib Taremi bilan juda qo'pol tarzda to'qnashdi. Hakam dastlab sariq, "VAR"`da epizodni qayta ko'rgach qizil kartochka ko'rsatdi. Bir kishi ko'p tarzda harakat qilgan Eron 90+9 daqiqada Ro'zbeh CHeshmi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo'llab hisobni ochdi. Oradan 2 daqiqa o'tgach Ramin Rezayan qarshi hujumda ikkinchi golni urib barchasiga nuqta qo'ydi.

Umuman Eron Uels bilan o'z tarixida bir marotaba 1978 yil o'rtoqlik o'yini doirasida to'qnash kelgan va unda raqib 1:0 natijasida g'alaba qozongandi. Qaysidir manoda Eron 20 asrda qolib ketgan mag'lubiyat alami uchun bugun revansh oldi. Umuman dastlabki bahsda Eron kayfiyatsiz to'p tepgani yaqqol ko'zga tashlandi. Bu men ko'rgan eng kuchsiz va ruhiyatsiz jamoa. Biroq hammasi o'zgardi. Umid uchqunlari uyg'ondi. Forslar taronasi "Ahmad Bin Ali" stadionida taraldi. 


Karlush Keyrush championat.asia uchun intervyu berdi: "G'alabadan juda xursandmiz"


"Turon"ning to'yga aylangan tantanasi 

Jahon chempionati bilan bo'lib Yaypandagi hayot-mamot jangini unutishimizga bir bahiya qoldi. So'nggi o'yinlarni olib qaraganda "Turon"da ancha jangovar kayfiyat bor edi. Qolaversa o'yinning Yaypanda o'tishi qo'shimcha ustunlik berardi. Jamoa bu mavsum o'z maydonida faqat 2 bor mag'lubiyatga uchraganini aytish joiz. "Lokomotiv" safarda bor yo'g'i 10 ochko ishlagan, xolos. 

Maydon egalari Pro ligadagi oxirgi 3ta o'yinning barchasida g'alaba qozondi. Mehmonlarda g'alaba, mag'lubiyat, durang bittadan.

Temiryo'lchilar" so'nggi bor 2010 yil Superligada 13 o'rinni egallab Pro (Birinchi) ligaga tushib ketgandi. 2011 yil jamoa quyi ligada chempion bo'lib qaytgan va 2012 yil elitani yaxshi o'tkazib bronza medallariga ega chiqqan. 

"Turon" esa bir yillik tanaffusdan so'ng yana elitaga qaytdi. Birinchi ishtirok muvaffaqiyatsiz kechgani yodimizda. O'ylaymizki, yaypanliklar endilikda jon saqlash uchun emas, yaxshi o'rinlar uchun kurashishadi. Hozir Yaypanda haqiqiy to'y misoli bayram kayfiyati kezmoqda. "Lokomotiv"ga achinishdan boshqa choramiz yo'q. Lekin bu ham bir yaxshilikka. Oyoqqa turib kuchli bo'lib qaytishi kerak. CHunki unga tirgak narvonlar ancha eskirdi va muddati o'tdi. 


"Turon" Supreligaga yo'l oldi, "Lokomotiv" esa Pro-ligaga ravona bo'ldi!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика