Forlan: “Kavani “Atletiko” uchun ajoyib xarid bo'lardi”
27 dek 2019 23:50
Yangiliklar


Forlan: “Kavani “Atletiko” uchun ajoyib xarid bo'lardi”
“Atletiko” va Urugvay terma jamoasining sobiq hujumchisi Diego Forlan PSJ hujumchisi Edninson Kavanining Madrid klubiga o'tishi haqida o'z munosabatini bildirdi.
“Kavani “Atletiko” uchun ajoyiyu xarid bo'lardi. U bu klubga judayam mos tushadi. Transfer imkon boricha tezroq amalga oshgani yaxshi. Bu aynin Simonega kerak bo'lgan holat. Kavani jamoaga tezda kirishib, klubning mavqeini yanada oshirishga beqiyos xizmat qiladi, deya ishonaman”, deya Forlanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.
Kavani 2013 yilning yozida “Napoli”dan PSJga ko'chib o'tgandi. O'sha paytda parijliklar futbolchi uchun 64,5 million evro sarflashgan edi. Ilgari hujumchi “Palermo”, “Napoli” va Urugvayning “Danubio” klubi sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar