Forbes reytingida eng qimmat sport jamoalari elon qilindi
11 sen 2022 23:29
Yangiliklar


Forbes reytingida eng qimmat sport jamoalari elon qilindi
Eng yaxshi ellikta jamoadan o'ttiztasi NFL (Amerika futboli) jamoalari hisoblanadi. Uchlikni ham ushbu liga vakillari band qilishgan. Ro'yxatni "Dallas kovboys" jamoasi 8 mlrd dollar narx bilan boshqarib turibdi. "Nyu Angliya Patriots" jamoasining qiymati 6.4 mlrd dollar etib belgilangan. Uchinchi pog'onani esa "Los-Anjeles Rems" egallagan.
Eng qimmat futbol klubi sifatida esa Madridning "Real" klubi topilgan. "Qirollik klubi" 5.1 mlrd dollarga baholangan va umumiy reytingda 13-pog'onadan joy olgan. Futbol jamoalari orasida ikkinchi o'rinni (umumiy — 15 o'rin) "Barselona" (5 mlrd dollar) band etgan bo'lsa, kuchli uchlikni (umumiy — 19 o'rin) "Manchester Yunayted" yakunlagan, "qizil iblislar"ning narxi 4.6 mlrd dollar sifatida qayd etilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar