So’nggi yangiliklar

18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Испания (матнли трансляция)  16 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  41 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  16 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3

Florentino Peresdan master-klass! Yangiliklar

Florentino Peresdan master-klass!

"Real Madrid"ning moliyaviy salohiyati borasida uchta asosiy savolga javob.

1. Nega "Madrid" MFP (moliyaviy feyr-pley) haqida o'ylab ham o'tirmayapti?

SHu yilning 1 iyul kuni MFPning navbatdagi davri o'z yakuniga etadi. Yani ungacha amalga oshirilgan barcha transferlar moliyaviy tomondan 2018/19 yilga aloqador bo'ladi. Avvalgi transfer oynasida "Real" katta harajat qilmaslikka qaror qildi hamda darvozabon, himoyaga Odriosola va hujumga Marianoning xaridi bilan cheklandi. Lekin shu o'rinda birgina Ronalduning transferidan 100 mln evro ishlab oldi. MFP formulasi esa aynan shu narsani, yani klub o'zi ishlab topayotgan pulidan uncha ko'p bo'lmagan summani sarflashini ko'zda tutadi. FIFA shu yo'l bilan "boyvochchalar" futboldagi sog'lom raqobatga salbiy tasir o'tkazmasligini taminlashga harakat qilmoqda. Ammo, lekin, biroq... Bu hozircha unchalik ham ish bermayapti. Sababi, Neymar bilan bog'liq vaziyatda klub va futbolchi ayyorona yo'l tutadi va xuddi o'yinchi transfer huquqini o'zi sotib olgandek rasmiylashtirdi.  

"Madrid" esa maydonda ham, uning tashqarisida ham qonunga rioya qilishga harakat qilmoqda. "Qirollik klubi" sotgan futbolchilari transferidan tushgan mablag'dan 100 million evro ko'proq ishlatishi mumkin. Bu shuni bildiradiki, "Real" aytaylik 5 futbolchisini umumiy 300 mlnga sotsa, bemalol yangi futbolchilarga 400 mlndan ko'p bo'lmagan mablag'ni moliyaviy yil davomida sarflashi mumkin. Bu jihatni inobatga olgan holda, klublar harajatlarini va katta transferlarni moliyaviy hisobda boshqa-boshqa yillarda amalga oshirishi mumkin. SHu sababli, "Madrid" hech xavotir olmay navbatdagi "galaktiko"ni 1 iyul kuni xarid qilishi mumkin. Futbolchi transferiga zarur bo'lsa, 200 million evro ham sarflanaveradi.

SHu o'rinda, "qaymoqranglilar" qolgan yarim oy ichida o'zlarining bir nechta futbolchilarini sotishlari ham zarur. Azar, Yovich, Mendi va Militao "Real"ga 260 mln evroga tushdi. Rodrigo-chi deyishga shoshilmang. Klubning ashaddiy muxlislari yaxshi biladilar: klub braziliyalik yosh iqtidorga ancha oldin "sovchi" jo'natib, ishni pishitib qo'gan edi. Moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaslik uchun 16 kun ichida 60-70 mlnlik futbolchi sotish talab qilinadi. Transfer bozoridagi bugungi narxlarni va "Qirollik klubi" tarkibi, ijaradagi futbolchilarni inobatga olsak, bu unchalik ham qiyin bo'lmaydi. Xabarlarga qaraganda, Raul De Tomas (25-30 mln), Teo (20-25 mln), Edegor (15-20 mln), Borxa (20-25 mln), Lorente (35-40 mln), Regilon (10-15 mln) va yana bir qator futbolchi Zidanning yangi mavsum rejalaridan joy olmagan. 

2. Nega "Real" 1-2ta "galaktiko"ni o'tgan mavsum olib kelmadi?

Barchasi oddiy. Ko'p tanqid qilinsa-da, Peres vaziyatni tahlil qilib ko'rdi va uzoqni o'ylab ish tutdi. Aynan o'sha moliyaviy yilda Vinisius va Rodrigo (90 mln) sotib olingan, jamoa tarkibi bir qarashda o'sha holi bilan ham etarlicha kuchga egadek ko'ringandi. SHuning uchun, Florentino bir mavsum yosh iqtidorlar va o'zining tajribali futbolchilari hisobiga natijaga erishishni ko'zlagandi. Etibor bergan bo'lsangiz, Zidan odatda yosh iqtidorlardan ko'ra, tajribali futbolchilarga ko'proq ishonch bildirdi va bu borada qanday yo'lni maqul topadi, shu mavsum ko'rib bilib olamiz. "Real" xususan Peres esa oxirgi vaqtlarda nafaqat futbolchining klub imiji uchun qanchalik mos kelishi, balki yoshiga ham etibor bermoqda. Yaqinda jamoaga qo'shilganlar - Yovich, Militao va Mendi ham agar jiddiy jarohatlar bo'lmasa, hali uzoq vaqt to'p tepishlari turgan gap. Azar juda uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng "Real"ga ko'chib o'tdi. Ustiga-ustak "CHelsi" bir transfer oynasida birdaniga ikki yulduzi Kurtua va Azarni "qaymoqranglilar"ga berib qo'ymasdi.

3. "Santyago Bernabeu" tamiriga esa anchagina pul sarflanyapti...

Peresning ashaddiy dushmanlari bir yarim yildan beri stadionning qayta tamirlanishiga juda katta mablag' sarflanayotgani — sifatli transferlar amalga oshirishda to'sqinlik qilishini takidlashmoqda. Biroq prezident buni ham etiboridan chetda qoldirmagan. Klub stadion rekonstrukciyasi bilan shug'ullanuvchi kompaniya "Yankiz" va "At&T" bilan kelishuvga erishgan. Unga ko'ra, kompaniyalar "Bernabeu"ning yillik foydasini 125-150 mln evrogacha ko'tarishni vada qilishgan. Yaqinda eng qimmat futbol brendi sifatida tan olingan "Real Madrid"ga "Bank of America" va "JP Morgan" 2.5% ustama haqi bilan qaytarish evaziga 575 mln evro kredit berishga rozi bo'lgan. "Real" kreditni 30 yil davomida bo'lib-bo'lib to'laydi (shunda yiliga 25 mlndan tushar ekan). Yangi "Santyago Bernabeu" esa birinchi o'yinni 2022 yil kuzida qabul qilishi rejalashtirilgan.

Qisqaroq qilib tushuntirganda, 2023 yildan 5-6 barobar ko'proq pul topishni boshlagan stadioni uchun yiliga 25 mln evrodan kredit to'lab boradi. SHu tariqa, "Santyago Bernabeu"ning tamirlanishiga qanchalik ko'p mablag' ketayotgan bo'lmasin, yakunda arena klubga katta foyda keltiradi va transferlarga umuman salbiy tasir ko'rsatmaydi. 

Xulosa

Florentino Peres 2018/19-yillar mavsumidagi omadsizlikka qaramay, istalgan prezidentga master-klass o'tib berdi. "Real" stadionining nomini ham sotmadi, arab shayxlariga ortiqcha "qulluq" ham qilmad. Ammo shunda ham, moliyaviy axvolini yaxshilab boryapti. Byudjetning taqsimlanishi va moliyaviy o'sish tomondan hech bir klub "Madrid"ga tenglasha olmaydi. Don Florentino qanchalik uzoqni ko'ra olganini vaqt ko'rsatadi, albatta. Lekin bugungi kunda ko'rayotganimiz, "Real Madrid" amalga oshirayotgan ishlar, transferlar klub yangi g'alabalar tomon borishga jiddiy bel bog'laganini anglatmoqda.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика