So’nggi yangiliklar

14:44"Лос-Анжелес Гэлакси" Филиппе Коутиньо билан шартнома имзоламоқчи  0 14:05"Арсенал" Леау билан музокара ўтказди, "Милан" футболчини 75-80 млн еврога сотишга тайёр  1 13:29"Андижон"нинг таништирув маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  11 12:55"Манчестер Юнайтед" ёзда "Челси"дан Николас Жексонни сотиб олиши мумкин  3 12:22Каземиро Месси жамоасига ўтиши мумкин  2 11:52"Реал" Шлоттербекка қизиқмоқда  1 11:25"Челси" амалдаги "Олтин тўп" соҳибини ўз сафига қўшиб олмоқчи  4 11:02Андижон футболи халқаро майдонга чиқмоқда: "Бешиктош" билан стратегик ҳамкорлик йўлга қўйилмоқда  6 10:32"Барселона" ва "Манчестер Сити" германиялик ҳимоячи учун курашмоқда  1 10:05Трансфермаркт. ОКМК Аҳмадалиевни "Бунёдкор"дан қанчага сотиб олгани маълум  5 09:39ФИФА Африка жамоасига Россия билан ўйнашни тақиқлади  11 09:12"Барселона" 16 ёшли инглиз ҳужумчисининг трансферни келишиб олди  0 08:45"Ливерпуль" Конате ўрнига "Челси" собиқ ҳимоячисини кўзламоқда — Sports Boom  3 08:20"Ғазалкент" 18 ёшли футболчини деярли 300 миллионга сотиб олди  4 07:53УEФА "Барселона"ни катта миқдорда жаримага тортди  3

Flik: "O'zil dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri edi" Yangiliklar

Flik: "O'zil dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri edi"

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Mesut O'zilning faoliyatini yakunlagani haqida gapirdi.

Kecha, 22 mart kuni germaniyalik yarim himoyachi professional futboldagi faoliyatini tugatganini elon qildi.

"Mesut O'zil terma jamoadagi ajoyib o'yinchilardan biri bo'lgan. O'zining eng muvaffaqiyatli davrida u dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri edi. U o'n yil davomida milliy terma jamoaning ajralmas qismi bo'ldi, 2014 yilda jahon chempioni bo'ldi va bunda u katta hissa qo'shdi. U bilan ishlash menga juda yoqardi, unda o'ziga xos mahorat mavjud edi, texnikasi va o'yinni o'qiy olish qobiliyati qoyil qoldirardi. Terma jamoadagi barchamiz unga va uning oilasiga faoliyatidan keyingi davrda eng yaxshi tilaklarimizni tilaymiz", – dedi Flik.

34 yoshli O'zil Germaniya terma jamoasi safida jahon chempioni hisoblanadi. Bundan tashqari, "Verder" bilan Germaniya Kubogi sohibiga aylangan. Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogida g'olib chiqqan. "Arsenal" tarkibida esa uch marta Angliya Kubogi va bir bor Angliya Superkubogini qo'lga kiritgan.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика