Flik Levandovskining offsaydi borasida tushuntirish berishlarini so'radi
23 noy 2024 00:43
Yangiliklar
Flik Levandovskining offsaydi borasida tushuntirish berishlarini so'radi
"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik "Real Sosedad"ga qarshi o'yindagi hakamlik haqida gapirdi.
Ushbu uchrashuvning startida kataloniyaliklar forvardi Robert Levandovski hisobni ochgandi. Biroq offsaydni aniqlashning yarim avtomat tizimi ushbu holatda offsayd qayd etib, golni inobatga olmadi.
Keyinchalik "Barselona"dagilar golli vaziyatda offsayd ko'rinmaganini malum qilishgandi. SHu sababli klub ushbu holat uchun tushuntirish so'radi va ushbu epizodda aynan nima bo'lganiga aniqlik kiritilishini talab qildi.
"Anoete"dagi offsayd borasida hech kim tushuntirish bermadi.
Bazida bu borada Liga yoki Federaciyadan tushuntirish olsam yaxshi bo'lgan bo'lardi. Barchamiz odamlarmiz", - dedi Flik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar