Flik: "Bu ajoyib yangilik"
18 fev 11:57
Yangiliklar


Flik: "Bu ajoyib yangilik"
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining La Liga doirasida "Rayo Valekano" ustidan g'alaba qozongani (1:0) haqida gapirdi.
"Kuchli raqibga qarshi og'ir o'yin bo'ldi. Biz juda ham xursandmiz. Futbolchilar natijalae mamnun. Yuzaga kelgan vaziyatdan barchamiz tashvishdamiz. O'ylashimcha, bugun biz yomon harakat qilmadik, lekin bundan ham yaxshiroq o'ynay olishimizni bilaman.
Ular to'qqiz o'yindan buyon mag'lub bo'lmayotgandi va bugungi o'yinni yaxshi uchrashuvlar qatoriga qo'sha olamiz. Biz etakchi bo'lib oldik va bu muxlislar uchun ajoyib yangilik.
Bekor qilingan gol ("Barselona" darvozasiga urilgan edi) epizodini ko'rmay qoldim. Chempionatimizda "VAR" tizimi bor va men unga ishonaman. Bahsli vaziyatlarda faqat shuni ayta olaman"
Eslatib o'tamiz, avvalroq hakamlarning xatolaridan noroziligi tufayli "Real" La Ligani tark etmoqchiligi malum qilingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar