Flik: “Borussiya D”ga qarshi bizni klassik o'yin kutib turibdi”
30 sen 2020 09:04
Yangiliklar


Flik: “Borussiya D”ga qarshi bizni klassik o'yin kutib turibdi”
“Bavariya” ustozi Xans Flik Germaniya Superkubogi uchun “Borussiya D”ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
“Oldinda kutib turgan o'yin haqiqiy klassika. “Borussiya” fantastik va juda yosh jamoa. SHuningdek, ular safida juda ham tajribali futbolchilar bor. Ular hujumkor o'yin namoyish etmoqda. Bitta o'yinda yutqazdik. Ammo ortda juda ham omadli vaqtlarimiz bo'ldi. SHuning uchun, har bir futbolchi o'z kuchiga 100 foiz ishonishi mumkin. Biz o'yinlar va sovrinlarni yutishni istaymiz”, — deydi Flik.
Germaniya Superkubogi uchun uchrashuv bugun 22:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar