Flik Alabani "Bavariya"da saqlab qolmoqchi
20 jan 2021 10:58
Yangiliklar


Flik Alabani "Bavariya"da saqlab qolmoqchi
"Bavariya bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klubdan ketishni xohlayotgan David Alaba haqida gapirdi.
"Agar transferlar oynasi ochiq bo'lgan va uning shartnomasi tugayotgan bir paytda transferni istisno qilib bo'lmaydi. Ammo men hozir aytishim mumkinki, Davidning ehtimoliy transferi borasida hech narsa bilmayman.
SHaxsan men Alabaning "Bavariya"da qolishini xohlardim", - deydi mutaxassis.
28 yoshli avstriyalik futbolchining "Real" bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida xabarlar bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar