Flik: “0:2 dan keyin "uyg'ondik" va 60 daqiqa maydonda to'liq ustunlik qildik”
07 mar 2021 09:18
Yangiliklar
Flik: “0:2 dan keyin "uyg'ondik" va 60 daqiqa maydonda to'liq ustunlik qildik”
“Bavariya” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Bundesliga 24-turi doirasida “Borussiya” (Dortmund) ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, mazkur bellashuvda myunxenliklar tezkor ikkita gol o'tkazib yuborishlariga qaramay, yakunda raqibni ikki to'p farqi bilan dog'da qoldirishdi -4:2.
“Ayni paytda raqiblarimiz imkon bo'ldi deguncha, albatta bizning darvozaga gol urishmoqda.
Biz hisob 0:2 ga o'zgargach, “uyg'ondik” va bizdan shunchaki ochko olib bo'lmasligini ko'rsatib qo'ydik. Hisobdan kelib chiqib ham biz g'alabaga loyiq ekanligimizni aytish mumkin. Qolaversa, 60 daqiqa vaqt davomida maydonda raqibdan to'liq ustunlik qila oldik”, dedi Flik.
“Bavariya” ayni paytda Bundesliga turnir jadvalida 55 ochko to'plab peshqadamlik qilmoqda. “Borussiya” (D) esa 39 ochko bilan oltinchi pog'onani egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar