Fletcher "Man Yunayted"ning murabbiylar shtabiga qo'shildi
04 jan 2021 20:21
Yangiliklar


Fletcher "Man Yunayted"ning murabbiylar shtabiga qo'shildi
"Manchester Yunayted" matbuot xizmati jamoaning murabbiylar shtabidagi o'zgarishni elon qildi.
Endi Darren Fletcher klub bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherga ko'maklashadi. 36 yoshli shotlandiyalik mutaxassis bunga qadar "qizil iblislar"ning 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar jamoasida ishlayotgan edi.
Eslatib o'tamiz, Fletcher 2003-2015 yillarda "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilib, 340 uchrashuv o'tkazgan va 5 marta Angliya chempionati, 1 bor Evropa CHempionlar Ligasida zafar quchgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar