So’nggi yangiliklar

11:00Суперлига футболчилари ЕЧЛ финалчиларини тахмин қилди  0 10:45“Арсенал“ футболчиси фаолиятини Бразилияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  1 10:22“Байер“ бош мураббийлигига номзодлар маълум қилинди  1 09:59Карло Анчелотти “Реал“ билан келишиб олди  1 09:37Пролига. Бугун 5-тур давом эттирилади  0 09:10“Рома“ тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи  3 08:48“Ал Ҳилол“ супер футболчи билан музокараларни бошлади  2 08:16Sofascore. Азизжон Ғаниев кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:50Довбик Шомуродов ҳақида фикр билдирди  15 07:25Трент “Реал“да қанча ишлаб олиши маълум  11 02:11АПЛ. Дуранг ўйнаган "Ноттингем Форест" ЧЛ зонасига қайта олмади  4 01:48А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди, аммо жамоа ҳали ҳам кучли саккизликда эмас  2 01:17"Париж" - 46 йилдан сўнг Лига 1да! Унинг стадиони ПСЖ аренасидан йўлнинг нариги томонида жойлашган (мутолаа учун)  4 00:55Моуринью 2010 йилда "Интер"нинг "Барселона" устидан қозонган ғалабаси ҳақида: "Ўша воқеани тасвирлаши мумкин бўлган сўз йўқ"  21 00:50Кафу Рафинья ҳақида: "У билан "Олтин тўп" учун рақобатлаша оладиган ўйинчиларни кўрмаяпман"  5

"FK DAVR"dan Yangi yil hazili Yangiliklar

"FK DAVR"dan Yangi yil hazili

Yangi yil kechasida saytimizning eng faol o'quvchilaridan biri bo'lgan "FK DAVR" quyidagi voqeani yodga oldilar.
"To'y endi qiziy boshlagan payti, jo'ralarga sezdirmay sekingina davradan chiqdimu, Jasur bilan ularnikiga kirdik. Ayni shu bugunga to'g'ri kelganini qarang, bu yoqda birga o'qigan sinfdosh jo'ramni to'yi, u yoqda futbol. Futbolni deb jo'rasini to'yini tashlab ketadigan odamni siz kabi futbol shaydolari tushunadi. Ammo "futbol shaydolari" deb men aytaman, futbolga qiziqmaganlar "to'p jinnilari" deydi. Ular biz kabi "to'p jinnilari"ni qaydan tushunsin.

Keyin bu ishimni birov bilsa qishloqda rosa hangoma qilishadi. SHundog'am o'zimni to'yim chempionlar ligasi finaliga to'g'ri kelib qolganida, to'yni yo bir kun oldin, yo bir kun keyin qilasizlar deb amaki-yu tog'a, amma-yu xolalar bilan rosa talashib tortishib oxiri "Meni bilasizlar-a, agar to'y o'sha kuni bo'lsa chimildiqni tashlab chiqib xam ko'raman futbolni" deganim uchun toza kulguga qolganman. Bugun ham ertalabdan hayolimda futbol.

SHunday qilish kerakki kabob ham kuymasin, kabobpazning qo'li ham. Buni qarangki biz kuyov jo'ralarga xizmat qilib yurgan qo'shni bola g'irt o'zimizdan ekan. U bilan kelishib oldik, futbol boshlanadigan payti ikkalamiz hech kimga sezdirmay davradan chiqamizu ularnikida futbol ko'ramiz. Mabodo bizni qidirib qolishsayam "shu atrofda yuruvdim, hech qaerga ketganim yo'q" deymiz-da. Ukasiga tayinlab qo'ydik "bizni qidirishsa tezda chaqirgin, lekin biznikida futbol ko'rishyabdi demagin", deya uch-to'rt so'm pul berdik.

Endigina televizor oldiga yaxshilab joylashib olib, hakamning hushtagi chalinib o'yin boshlanishi bilan Jasurni dadasi Ergash aka ikkita ulfatini ergashtirib kirib keldi. Meni ko'rdiyu - Ha kuyovjo'ra, to'y turganda to'pga balo bormi? Sizam bizi o'g'ilchani "so'rt"idan ekansiz-u a, bu futbol ko'rayotgan payti qizlardan kegan smsniyam o'qimaydi, deya Jasurga ishora qildi. Bu paytda Jasur mehmonlarga xizmat qilishni boshlab yuborgandi. Men esa xijolatlikdan nima deyishni bilmay o'ng'aysizlanib qoldim. Ergash aka buni sezib "uyimga kelgan mehmonga bunday gapirib ko'ngliga tegib qo'ymay" dedimi tezda vaziyatni o'nglash uchun -Uka bemalol, behijolat o'z uyingdagidek yonboshlab ko'raver. To'yni buyog'i bo'laveradi endi. Bizam yoshlarni shovqin - suronidan bosh og'rib chiqib keldik. Ha yoshlar-a, bittasi hushtak chaladimi-ey, bittasi uvillavoradimi-ey. Hamma o'rtada, o'ynaydiganiyam, kiyimini reklama qiladiganiyam, o'zini reklama qiladiganiyam, telefon o'g'risiyam, hammasi o'rtada. Bazilari nima uchun o'rtaga chiqqanini o'ziyam bilmaydiyov. Bittasi chiqvolib semichka chaqib turibdi, bir chekkada turib chaqaver. Bu xamma ko'rsin meni "semichka" chaqqanimni deb chiqvolgan bo'lsa kerakda o'rtaga. Hah yoshlar-a. Uka qani dasturxonga yaqinroq kel, biz bilan bir otamlashasizda endi. Bu Sotvoldi akang bo'ladi, bu esa sotvordi akang, aniqrog'i Sotimboy akang. SHunaqa hazillashib turamanda men. Bular menga akajo'ra, ukajo'ra ulfatlar-da, dedi. Ergash akani bu gapidan keyin yonboshlab olmadimu lekin bamaylixotir o'yinni ko'ra boshladim. Ammo bu xotirjamlik besh daqiqagayam bormay barham topdi. Sotvoldi aka, - Uka, namuncha o'zingni chetga olmasang, yoki bizni kelganimiz yoqmayabdimi? Jasurga-ku tochna yoqmayabdi, futbolniyam beliga tepdi bular deb a? dedi Jasurga qarab.

Bu gapdan keyin "Yo'g'ey, nimaga endi" deya ularga yaqinroq borib o'tirdim. - Kim bilan kim o'ynayabdi o'zi? So'radi Sotim aka. - Oqlar bilan qoralar o'ynayabdi. Ergash aka javob bervordi meni o'rnimga. - Sen meni kalaka qilyabsanmi? Juda-a sen o'ylaganchalikmasdurman. Bizam ko'rib turamiz futbolni, o'tgan hafta qaysi bir kuni edi "Paxtakor" Janubiy Koreya bilan o'ynadi, to'g'rimi uka? Deya menga qaradi. Men "xa" deb qo'ya qoldim-u, shu payt choy olib kirgan Jasur "Paxtakor"mas O'zbekiston terma jamoasi o'ynadi" dedi aniqlik kiritib. Sotim aka ham bo'sh kelmay, - Nima farqi bor buni, "Paxtakor" shu O'zbekistonku, dedi. Jasur tushuntira boshladi: - Klub bilan terma jamoani farqi bor. Mana masalan Sotvoldi akamni uchta o'g'li bor. Uchalasiyam uylangan, bolalariyam bor. Tasavvur qiling shularni har biri bir klub. Hammasi yig'ilsa terma jamoa-da. Bu gapdan keyin Sotvoldi aka kulib: -Obbo azamat-ey, bopladingu buyog'ini. Sotim akang bunaqa narsalarni farqiga bormaydi. Maktabda o'qigandayam kimyo bilan ximiyani farqiga bormagan, dedi. -Siz juda farqiga borasiz-da a? Azamatmish, buni oti Jasur, Azamati kichkinasiku, dedi Sotim aka aftini burishtirib. -Ana aytdim-u buni kallasi "neto'roq" deb. Sen futbol ko'raman deysan, birorta putvolchini taniysanmi o'zi? Ulfatini nozik joyidan tutganday tirjaydi Sotvoldi aka qitmirlik bilan. -Bilaman, deya bo'sh kelmadi Sotim aka ham, - Masalan Dassaev!

Bopladimmi deganday kerilib Ergash aka bilan menga qarab qo'ydi. -Dasaev pensiyaga chiqib ketganiga ancha bo'ldi-yu, dedi Ergash aka. -Yo'g'ey, pensiyaga chiqqanmi? "Paxtakor"da o'ynayotgandi-ku. Sotvoldi akani chehrasi yorishdi, -Mana men senga o'xshab putvolni tushunaman deb maqtanmayman, lekin bizi o'rtanchagayam tog'alaridan yuqqanmi yarim kecha xotinni issiq quchog'idan chiqib kelib ertalabgacha putvol ko'radi. Yosh o'taversa uyqu xam mushukni uyqusiday bo'lib qolarkan. SHarhlovchini javrashi kamday o'g'limniyam jazavasi tutib qolgan paytlarda cho'chib uyg'onib ketamanu qani uxlasam keyin. SHunaqa paytlar nosni otvolib ko'rganlarim bor menam "putvolni".

"FK DAVR"
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика