Firmino mashg'ulotlarga qaytdi

Aslanov Jasurbek
20 may 2019, 13:23
"Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino sonidan olgan jarohatidan so'ng yana mashg'ulotlarga qaytdi.

27 yoshli braziliyalik forvard Angliya chempionatining 36-turidan o'rin olgan "qizillar"ning "Xaddersfild"ga qarshi o'yini oldidan jarohat olgan edi.

Firmino joriy mavsumda Angliya Premer-Ligasida 34ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 6ta assistga egalik qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports