Firmino "Liverpul"dan ketishga ahd qildi
01 avg 2021 10:35
Yangiliklar


Firmino "Liverpul"dan ketishga ahd qildi
"Liverpul" futbolchisi Roberto Firmino jamoadan ketishi mumkin.
"The Athletic" xabariga ko'ra, tomonlar hali ham shartnomani uzaytirish borasida ishlamayapti. SHartnomaning yakuniga etishiga esa 2 yil qoldi.
Ayni damda Mersisayd klubi rahbariyati 6 asosiy futbolchi bilan shartnomani uzaytirish ishlarini olib bormoqda. Klub yaqindagina Trent Aleksandr-Arnold bilan bitimni 2025 yilga qadar uzaytirdi. Keyinchalik esa Sadio Mane, Muhammad Saloh, Virjil van Deyk, Fabino va Alisson kabi futbolchilar bilan ham shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Firminoning "Enfild"dagi taqdiri esa so'roq ostida bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Firmino 2015 yili 41 mln evro evzaiga "Xoffenxaym"dan "Liverpul"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda u APLning 36 o'yinida 9 gol va 7 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar