Firmino "Derbi"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin

Aslanov Jasurbek
19 sen 2016, 21:12
Liverpul futbolchisi Yurgen Klopp Liga Kubogi doirasida Derbi Kauntiga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan Firminoning mashg'ulotlarga qo'shilganini aytib o'tdi.


"Roberto mashg'ulotlarga qaytdi. Uning holati nazorat ostida. U "Chelsi"ga qarshi o'yinda ham ishtirok etishi mumkin edi. Lekin, biz tavakkal qilishni istamadik. 

Bizga uch kundan so'ng uning idel holatda bo'lishini aytishdi. Bugun to'rtinchi kun. Shu sababli, u o'yinga tayyor.

Ishontirib ayta olamizki, "Derbi"ga qarshi o'yinda kuchli tarkibimiz maydonga tushadi", - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: This Is Anfield