Firdavs Asadov: “O'smirlar terma jamoasidan taklif kutyapman, maqsadim birinchi liga to'purari bo'lish”
17 sen 2013 16:39
Yangiliklar
Firdavs Asadov: “O'smirlar terma jamoasidan taklif kutyapman, maqsadim birinchi liga to'purari bo'lish”
Joriy mavsum birinchi ligada kimni kashfiyot sifatida ko'rsatgan bo'lar edingiz degan savolga, hech ikkilanmasdan Firdavs Asadovni aytsa bo'ladi.
“Spartak”ning 17 yoshli hujumchisi bu yil garchi professional faoliyatidagi ilk mavsumi bo'lishiga qaramay, o'zidan ijobiy taassurot qoldirmoqda. Buxorolik futbolchi birinchi bosqichda 11ta gol urgandi. Joriy mavsumdagi umumiy gollari soni esa hozirgacha 19tani tashkil etmoqda.
1996 yilda Buxoro shahrida tavallud topgan Asadov birinchi ligada to'purarlik mahoratini namoyish etayotgan bo'lsada, uni U-17 o'smirlar terma jamoamiz ustozi Dilshod Nuraliev yig'inlarga chaqirmayapti. Har xolda, birinchi ligadagi debyut mavsumidayoq to'purarlar qatorida yurishning o'zi bo'lmaydi.
Birinchi ligada championat.asia talqini bo'yicha avgust oyining eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan Asadov bilan yaqinda subatlashib, nima uchun o'smirlar terma jamoasiga chaqirilmayotgani va joriy mavsum, professional faoliyatidagi debyuti haqida to'g'risida so'radik.
- Firdavs, suhbatimizni yoshlar terma jamoamiz haqida boshlasak. Zero, kuzda BAA stadionlarida yoshlar o'rtasida bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etayotgan U-17 o'smirlar terma jamoamiz ham ishtirok etadi. Garchi birinchi ligada to'purarlar poygasida ishtirok etayotgan bo'lishingizga qaramay, sizni murabbiylar yig'inga chaqirmayotgani ko'pchilik muxlislar qatori bizni ham etiborimizni tortdi. Buning sababini qanday izohlagan bo'lardingiz?
- Terma jamoalarga doimo munosiblar chaqiriladi. O'tgan yili Dilshod aka Nuraliev meni bitta yig'inga taklif etib, mashg'ulotlarda va bir nechta o'yinlarda sinab ko'rgandi. Ammo bu yil chaqiruv bo'lmadi. Negaligini bilmayman. Balki keyinchalik taklif bo'lar, har xolda shunga umid bor albatta.
- Terma jamoadan taklif olish, shubhasiz har bir futbolchining kayfiyatini ko'tarib yuboradi. Ayniqsa siz kabi yoshlar uchun milliy jamoada o'ynash ishtiyoqi juda kuchli bo'ladi. Nima deb o'ylaysiz, Dilshod Nuraliev sizni ham kuzatib kelyaptimikin. Kuzda JCH o'yinlarida ishtirok etuvchi futbolchilar ro'yxatiga kiritarmikin. Bu borada imkoniyatingizni o'zingiz qanday baholaysiz?
- Bilmadim, balki kuzatayotgandir. Avvalo shuni aytishim kerakki, qaysi futbolchini chaqirishni murabbiy hal qiladi. Lekin mendanafaqat, U-17 o'smirlar terma jamoamiz, balki boshfa yoshdagi terma jamoalarimizda ham o'ynash ishtiyoqi yuqori. Vatan uchun o'ynash bu - men uchun faxr. Ayniqsa jahon chempionatida ishtirok etishni juda-juda xohlayman. Istagim amalga oshishi uchun o'z ustimda yanada ko'proq ishlayapman.
- Endi hozirgi klubingiz “Spartak” haqida gaplashsak. Bu klub sizning professional faoliyatingizdagi ilk jamoa. SHundaymi?
- Ha, bungacha asosan shahrimizdagi futbol akademiyasida shug'ullanganman. U erda menga Asqar Fayzullaev futbolning sir-asrorlarini o'rgatgan. SHuningdek viloyat ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi jamoalarda o'ynaganman. Joriy mavsumdan buyon “Spartak” azosiman.
- Sizni jamoadagilar Karlos deb chaqirishar ekan?
-(Kulib) Ha, birinchi murabbiyim Asqar Ibodovich meni yoshligimdan Karlos deb chaqiradi SHuning uchun boshqalar ham shunday deyishadi.
- Birinchi ligada ilk mavsumingizni o'tkazayotgan bo'lsangizda, to'purarlik salohiyatingizni namoyish etmoqdasiz. Bunga qanday erishyapsiz?
- Mehnat qilyapman, mashg'ulotlarda qattiq ishlayapman. SHuningdek jamoadoshlarim tomonidan ham sezilarli ravishda qo'llab-quvvatlash bo'layotganini his qiyapman. Buning uchun barcha jamoadosh akalarimga rahmat aytaman.
- Debyut mavsumingizdayoq, bunchalik ko'p gol urishingiz yil boshida hayolingizga ham kelmagandir?
- Ha, ochig'ini aytaman mavsum men uchun bunchalik omadli boshlanadi deb o'ylamagandim. Xudoga shukur, hammasi yaxshi kechmoqda.
- To'purarlik mahoratingizni namoyish etishingizda ko'proq qaysi jamoadoshlaringiz sizni qulay vaziyatga chiqarmoqda?
- Bizda jamoaviy o'yin yaxshi shakllangan. Alohida bir futbolchini ajratib ko'rsatish kerak bo'lsa, markaziy yarim himoyachilarimiz bo'lmish Komil Samiev bilan Suhrob Qobilovni alohida aytgan bo'lardim.
- Agarda o'tkazilgan uchrashuvlarda kiritgan gollaringizga etibor qaratadigan bo'lsak, ikki o'yinda xet-trik va yana uch bahsda dubl qayd etgansiz. Bundan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, gol urish siz uchun engilroq keyachptimi?
- Yo'q, aksincha raqib darvozasini ishg'ol etish hech bir o'yinda oson bo'lmaydi. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar, gol urishga qiynalaman. Lekin buning uchun bor kuchimni ishga solib, harakat qilyapman.
- Birinchi bosqichda 11ta gol urdingiz. Endi mavsum so'nggi qadar gollaringiz sonini yana nechta qilmoqchisiz?
- Hali oldinda o'yinlar ko'p. Ko'ramiz, qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi. Menimcha mavsum poyoniga qadar gollarim sonini 20-25taga olib chiqsam kerak. Lekin bu yil birinchi ligada to'purar bo'lishni maqsad qilganman.
- Unday bo'lsa, bundan-buyon “Spartak” foydasiga berilgan penaltilarni ham amalga oshirishga harakat qilasizmi?
- (Kulib) Bizda o'zi shundoq ham, 11 metrlik to'plarni amalga oshiradigan etakchi o'yinchilar ko'p. Ularning oldida bizga yo'l bo'lsin.
- 17 yosh bo'lsangizda ilk mavsumning o'zidayoq jamoangizning asosiy tarkibidan joy ola bildingiz. Bunga erishish oson bo'lmagandir?
- Albatta har qanday ishning debochasi murakkab kechadi. “Spartak”da tajribali o'yinchilar ko'p. Ular bilan raqobat qilish men kabi endigina professional futbolda faoliyatini boshlagan yoshlarga boshida qiyinchilik tug'diradi. Bunday paytda murabbiyning ishonchi juda muhim. Menga bosh murabbiyimiz imkoniyat bermoqda, bundan unumli foydalanib qolishga harakat qilyapman.
- Murabbiy haqida gap ochdingiz. Usmon Toshev haqida fikrlaringiz tabiiyki ijobiy bo'lsa kerak deb o'ylaymiz?
- Ha, shu darajaga chiqishimda Usmon Qudratovichning mehnati katta. U kishi avvalo meni jamoasiga taklif etdi va menga rasmiy o'yinlarda ishonch bildirdi. Albatta men ham Toshevdek tajribali murabbiy qo'li ostida o'ynayotganimdan mamnunman.
- Bungacha asosan bolalar futbolida o'ynab yurgan Asadovga birinchi ligada to'p tepish jarayoni qiyin kechayotganiga shubha yo'q.
- Tabiiyki mavsum boshida juda qiynaldim. Mashaqqatlarni sabr qilib, mashg'ulotlarda astoydil ter to'kkan xolda engib kelmoqdaman. Bolalar futboli bilan birinchi liganing o'rtasidagi saviya katta. Boz ustiga bu erda mendan bir necha yosh katta bo'lgan o'yinchilar to'p tepishadi. Ilgari asosan o'z tengqurlarim bilan o'ynaganmanim uchun ham hozir oson bo'lmayapti. SHuning uchun tan olib aytaman, chempionatning birinchi bosqichida raqibdan qo'rquv alomatlari bo'lgan. O'yindan o'yinga esa buni engib borishga harakat qildim. Bugungi kunga kelib esa hammasi iziga tushib ketdi va hech qanday qo'rquv yo'q.
- Bu yil shaxsan siz uchun birinchi liganing qaysi jamoasining himoyachilariga qarshi o'ynash qiyin kechdi?
- “Mashal”! Bu jamoa boshqalardan ancha kuchli. Uning himoyachilari ancha baquvvat o'yinchilardir. SHuningdek “Orol” mudofaa chizig'i vakillariga qarshi o'ynash ham oson bo'lmadi.
- Birinchi bosqichdan so'ng, oliy liga jamoalarining birortasidan qiziqish bo'lgandir?
- Bu borada shaxsan o'zimga hech kim bir nima demadi. Balki mavsum poyoniga etgach, elita vakillaridan taklif olarman.
- O'zingizda oliy ligada o'ynash ishtiyoqi bor ekanligini bilib olish qiyin emas...
- Ha, bu yil quyi ligada o'zimni ko'rsatib, keyingi yil oliy liganing barqaror jamoalaridan biriga o'tish niyatim yo'q emas.
- “Spartak” qancha muddatga bitim imzolagansiz?
- Yanglishmasam besh yilga bo'lsa kerak. Buni ko'pincha ota onam biladi. CHunki klub bilan aynan ular shartnoma tuzishgandi.
- Bu jamoangiz ham boshqa klubga osonlikcha berib yubormasa kerak?
- Bilmadim, buni vaqt ko'rsatadi. Oldin taklif bo'lsin, keyin murabbiyimiz bilan bu mavzuda batafsil gaplashamiz.
- Agar yuqori liga jamoasi sizni o'z safiga jalb etib, yoshlar jamoasiga o'tkazib qo'ysachi. Bundan cho'chimaysizmi?
- Yo'q, o'ylaymanki yoshlar ligasining saviyasi ham yuqori. Buni davralar oralig'ida “Buxoro” yoshlar jamoasiga qarshi o'yinda bildim. SHu bois yoshlar jamoasida bo'lsa ham oliy liganing kuchli jamoalarida o'ynashni xohlayman.
- Bu yil o'zi elitaning qaysi jamoasining o'yinini kuzatmoqdasiz?
- “Lokomotiv”ni. Bu jamoa nisbatan kuchli ko'rinmoqda.
- Nima deb o'ylaysiz, Kubok finalida qaysi jamoa g'alaba qozonadi?
- “Bunyodkor” bo'lsa kerak. CHunki bu klub, “Nasaf”dan ustunroq tuyulmoqda.
- O'zbekistonlik hujumchilardan kimning harakatlarini diqqat bilan kuzatasiz?
- Aleksandr Geynrixni. Bu hujumchining o'yini menga yoqadi.
-Xorijdanchi?
- Ko'plab yoshlar kabi menga ham chet eldan, Krishtianu Ronaldo va “Barselona”ning asosiy figurasi Leonel Messi yoqadi. Ularning harakatlarini ko'rib, rohatlanasan kishi.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi

Fikrlar