“Fiorentina” Netuni sotib olmoqchi
09 jan 2014 11:58
Yangiliklar


“Fiorentina” Netuni sotib olmoqchi
“Zenit” klubi himoyachisi Luish Netu, yana bir italiyan klubi qiziqish doirasiga tushib qoldi.
25 yoshli Portugaliya terma jamoasi o'yinchisini nafaqat “Napoli”, balki “Fiorentina” klubi ham o'z safida ko'rishni istayapti, deb xabar beradi Soccer Magazine.
Manbaning xabariga ko'ra, “Zenit” futbolchini 8-9 million evroga sotishni mo'ljallayapti.
“Fiorentina” Netuni, “Jenoa”ga o'tishga yaqin turgan Fakundo Ronkalening o'rniga o'rindosh sifatida olmoqchi.

Fikrlar