"Fiorentina" Lamela bilan shartnoma imzolashga tayyor

Alisher
16 iyul 2021, 11:47
"Tottenxem" yarim himoyachisi Erik Lamela klubdan ketishi mumkin.

O'yinchiga "Fiorentina" qiziqish bildirmoqda. Erik Lamela London klubidan ketishga qarshi emas.

O'yinchi etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Uning shartnomasi bir yildan so'ng yakuniga etadi, "Tottenxem" futbolchini qo'yib yuborishga tayyor va uning transferidan oz bo'lsa ham pul ishlab olmoqchi.

Erik Lamela "Tottenxem"ga 2013 yilda kelgan edi. Futbolchi o'tgan mavsum 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Forza Italian Football