"Fiorentina" azosi: “Ronaldu gol mashina, lekin bizda "Oltin to'p"ga loyiq bo'lgan Riberi bor”
13 sen 2019 22:20
Yangiliklar
"Fiorentina" azosi: “Ronaldu gol mashina, lekin bizda "Oltin to'p"ga loyiq bo'lgan Riberi bor”
Fiorentina yarim himoyachisi Milan Badel A Seriyaning 3-turidan o'rin olgan Yuventusga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Krishtianu – shubhasiz gol urish uchun mo'ljallangan mashina. Yillar mobaynida u o'zgardi. Biroq, bizda «Oltin to'p»ga loyiq bo'lgan Riberi bor va kim biladi, nega u mazkur sovrinni qo'lga kirita olmagan”, – deydi Badel.
Eslatib o'tamiz, 2013 yili «Oltin to'p» uchun davogarlar ro'yxatining so'nggi uchligidan Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi hamda Frank Riberi joy olgan va o'shanda yilning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan unvon portugaliyalik yulduzga nasib etgandi.
Fikrlar