Finishga yaqin: A Seriya 37-tur prevyusi. SHomurodov gol uradimi?
17 may 17:06
Yangiliklar
Finishga yaqin: A Seriya 37-tur prevyusi. SHomurodov gol uradimi?
"Fiorentina" — "Napoli"
Bir qator futbolchilar jarohatdan so'ng qaytishmoqda, xususan Biragi, Dodo, Ikone va Belotti asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin, Sottil esa haligacha tiklanmoqda. Xvichaning safga qaytishi Kalcona uchun yaxshi xabardir, bu hujumdagi o'yinni o'zgartirishi kerak, Zelinski esa jarohat sabab o'ynamaydi. SHuningdek Raspadori va Osimxen bahsni o'tkazib yuborishi mumkin, bu esa hujum markazida Simeone o'ynashi mumkin degani.
"Fiorentina" ilk davrada 3-1 hisobida g'alaba qozongan. Qiziqarlisi, jamoa bu o'yinda ham favorit hisoblanmoqda. Umuman olganda, Konferenciyalar ligasidagi o'rin uchun davogarlar uchrashishmoqda, garchi "Napoli" bu musobaqani juda ham xohlayotganiga katta shubha bo'lsa ham. SHunga qaramay, jamoa uchun muhimi mavsumni yaxshi yakunlash va mag'lubiyatsiz seriyaga yakun yasash, shunday ekan o'yin shiddatli kechishi kerak.
Fiorentina Cristiano Biraghi - 40', M'Bala Nzola - 42' |
Serie A . 37-tur 18/05/2024, 00:45 2
:
2
Tugadi
|
SSC Napoli Amir Rrahmani - 8', Khvicha Kvaratskhelia - 57' |
Stadion: Artemio Franchi, Firenze, 28267 tomoshabin
Bosh hakam: Matteo Marchetti
"Torino" — "Milan"
Sxyurs, Jiji, Gineytis va Vlashich haligacha jarohatidan tiklanmoqda, Sanabriya esa jarohatdan qutulib qoldi va Sapata bilan birgalikda hujumda o'ynashga tayyorlanmoqda. Voyvoda yana majburan uchtalik himoyachilar sxemasida o'ynashga majbur. Jarohatidan tiklanayotgan CHukveze va Loftus-CHik o'ynamasligi aniq, shuningdek Gabbia ham. Menyan va Ker safga qaytdi, ammo ularning ilk daqiqalardan o'ynash ehtimoli past. Hujumda odatiy Leau-Jiru-Pulishich uchlgii kutilmoqda.
"Milan" o'tgan o'yinda raqibni 4-1 hisobida taslim etdi. "Qizil-qoralar" hozir ham favorit hisoblanishadi, ammo jamoada hech qanday motivaciya yo'qligi va katta ehtimol bilan Milandagi mavsumning so'nggi o'yiniga etibor qaratishini takidlash kerak. "Torino" uchun o'z uyidagi so'nggi o'yinni yaxshi o'tkazish muhim, shunday ekan mehmonlarga oson bo'lmaydi.
Torino Duvan Zapata - 26', Ivan Ilic - 40', Ricardo Rodriguez - 46' |
Serie A . 37-tur 19/05/2024, 00:45 1
:
3
Tugadi
|
AC Milan Ismael Bennacer - 55' |
Stadion: Stadio Olimpico Grande Torino, 24638 tomoshabin
Bosh hakam: Ermanno Feliciani
"Sassuolo" — "Kalyari"
Berardi, Defrel va Kastilexo haligacha jamoaga yordam bera olmaydi, shunday ekan Balardini hujumda Lorente va Pinamontiga ishonch bildiradi, Torsdveyt esa ularga ortdan yordam beradi. Aujello va Gaetanoning diskvalifikaciyadan qaytishi "Kalyari"ni jiddiy tarzda kuchaytiradi, shuningdek Makumbu tiklanishga ulgurishi mumkin. Raneri hujumda katta ehtimol bilan odatiy SHomurodov-Luvombo juftligini o'ynatadi.
"Kalyari" o'tgan o'yinda 2-1 hisobida g'alaba qozongan. Hozirda "Sassuolo" favorit hisoblanadi. SHuni tushunish kerakki, bu "neroverdi" uchun haqiqatdan ham so'nggi imkoniyat va mag'lubiyat quyi ligaga tushirib yuborishi mumkin. Bunday holatda jamoa o'ziga kelishi kerak, ammo "Kalyari" ham barcha vazifalarini bajarib ulgurmadi, shunday o'yin ancha asabiy va shiddatli bo'lishga vada bermoqda. Gollar shousini kutish qiyin, drama va kurashni esa kutsa bo'ladi.
Sassuolo |
Serie A . 37-tur 19/05/2024, 16:30 2
:
0
Tugadi
|
Cagliari Matteo Prati - 71', Gianluca Lapadula - 90' |
Stadion: Stadio Mapei - Citta del Tricolore, 15548 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Doveri
"Inter" — "Lacio"
Simone Inzagi katta ehtimol bilan uydagi so'nggi o'yinda asosiy tarkibni tushiradi, zaxiradagilar esa yakuniy turda harakat qilishadi. SHu bilan birga, barcha futbolchilar sog'-salomat, Acherbi esa jarohatidan tiklandi va asosiy tarkibda maydonga chiqishga tayyor. Romanolining diskvalifikaciyasi sabab himoyachilar uchligida katta ehtimol bilan Gil o'ynaydi. Luis Alberto tiklandi, ammo asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli past. Tudor jamoasining hujumida esa odatiy Anderson-Immobile-Cakanya uchligi ko'ramiz.
"Inter" ilk davrada mehmonda 2-0 hisobida g'alaba qozongan, jamoa hozir ham o'z uyida favorit. Albatta, amaldagi chempion mavsumni o'z muxlislari oldida muvaffaqiyatli yakunlashni xohlaydi, ammo "Lacio" motivaciyaga to'la va ajoyib holatda, shunday ekan "neradzurri"ga oson bo'lmaydi. "Burgutlar" bayramni buzishga va evrokuboklar hududida o'rnashishga qattiq harakat qilishadi.
Inter Denzel Dumfries - 87' |
Serie A . 37-tur 19/05/2024, 22:00 1
:
1
Tugadi
|
Lazio Daichi Kamada - 32' |
Stadion: Giuseppe Meazza, 73148 tomoshabin
Bosh hakam: Juan Luca Sacchi
"Roma" — "Jenoa"
Dibala va Spinnacola tiklanishga ulgurmadi, shunday ekan hujumda yana Lukaku va El SHaaravi bilan o'ynaydigan Baldancani ko'ramiz. Jilardino uchun yaxshi xabar Vitinyaning safga qaytishi, Badelning jarohati jiddiy bo'lmagani bo'ldi, shunday ekan u Torsbi va Frendrup bilan markazda paydo bo'ladi, Gudmondson esa oldinda Rettegi bilan harakat qiladi.
"Jenoa" ilk davrada "Roma"ni 4-1 hisobida taslim etdi. Albatta, "jalorossi" buni unutmagan va revansh olishga qattiq harakat qiladi. Bundan tashqari, De Rossi shogirdlariga g'alaba juda ham kerak. Jamoa haligacha CHempionlar ligasidagi o'rin uchun kurashmoqda, ammo imkoniyatlar katta emas. "Jenoa" esa xotirjam va o'zining doimiy yuqori darajasini ko'rsatishi kerak.
Roma Romelu Lukaku - 79' |
Serie A . 37-tur 20/05/2024, 00:45 0
:
1
Tugadi
|
Genoa |
Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 67334 tomoshabin
Bosh hakam: Gianluca Manganiello
Sergey Rumyancev tayyorladi
Fikrlar