Finalni Klattenburg boshqaradi

10 may 2016, 22:16
Yevropa chempionlar ligasi 2015/2016 yilgi mavsum final o'yinini boshqarib boradigan hakamlar guruhi ma'lum bo'ldi.


28 may kuni Italiyaning Milan shahrida bo'lib o'tadigan "Atletiko" hamda "Real" jamoalari o'rtasidagi bellashuvni angliyalik referi Mark Klattenburg boshqaradi. Unga qanotlarda Saymon bek va Jeyk Kollin ko'maklashishadi. Darvozalar ortida esa Entoni Teylor va Andre Marriner ishlaydi.
Final uchrashuvining to'rtinchi hakami sifatida Viktor Kashshai tayinlangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com