FINALgacha...
29 may 2021 23:00
Yangiliklar
FINALgacha...
Finalgacha bo'lgan qiziqarli malumotlarni mazkur sahifamiz orqali bilib boring.
Manchester City |
Champions League Final Stage . final-tur 30/05/2021, 01:00 1
:
0
Tugadi
|
Chelsea Kai Havertz - 42' |
Stadion: Estadio do Dragao, 14110 tomoshabin
Bosh hakam: Antonio Mateu
"Manchester Siti" Angliya – "CHelsi" Angliya
00.00, "Dragau"
"Manchester Siti" – Ederson, Uoker, Diash, Stounz, Sterling, Gyundogan, Zinchenko, De Bryyune, B.Silva, Maxrez, Foden
"CHelsi" – Mendi, Ryudiger, T.Silva, CHilvell, R.Jeyms, Jorjino, Kante, Aspilikueta, Maunt, Verner, Xaverc
Asosiy tarkiblar elon qilindi:
Portuda ayni vaqt havo harorati 16 daraja issiqni tashkil etmoqda:
CHempionlar Ligasining barcha g'oliblari bitta rasmda:
ECHL finallariga atab chiqarilgan rasmiy posterlar:
Estádio do Dragão#UCLFinal pic.twitter.com/FDkrzeE8J9
— Chelsea FC (@ChelseaFC) May 29, 2021
"CHelsi"ning kiyim almashtirish xonasi, birozdan so'ng asosiy tarkiblar elon qilinadi...
Portudagi muxlislar:
“Liverpul” sobiq futbolchisi va murabbiyi Kenni Dalglish:
- “Man Siti” – finaldagi favorit, ular APLda g'olib bo'lishdi. Ammo aytishim kerakki, oldindan taxmin bildirish juda qiyin. “CHelsi” oxirgi vaqtlarda yaxshi natijalar ko'rsata olmayotgan edi, ammo Tomas Tuxel jamoani qaytadan shakllantira oldi.
Diego Kosta sobiq jamoasini qo'llab-quvvatlab, storisiga rasm joyladi. U 2014-2017 yillarda londonliklar sharafini himoya qilgan. 32 yoshli forvard joriy yil boshidan beri klubsiz hisoblanadi.
"Man Siti"ning ECHLdagi statistikasi: 389 o'yin, 260 gol
Serxio Agueroning ECHLdagi statistikasi: 63 o'yin, 36 gol
“CHelsi” himoyachisi Aspilikueta xorij klubi sardori sifatida CHempionlar Ligasida g'olib chiqqan ispaniyalik ilk futbolchiga aylanishi mumkin. U 2018 yil londonliklar sardori sifatida Evropa Ligasini qo'lga kiritgan.
Tuxel va Gvardiola bilan bevosita tanish bo'lgan “Bavariya” sobiq direktori Mixael Reshke so'zlariga ko'ra, Pep – futbolda orkasterni boshqaradigan maestro Leonard Bernstayn. Nemis mutaxassisini esa u syujetida har bir detalga etibor qaratadigan rejissyor Kristofer Nolanga taqqosladi.
"Man Siti"ning ECHLdagi ilk tarkibi (2011 yil):
SHevchenko finalda kimga muxlislik qilishi haqida: “Zinchenko”ga ham “CHelsi”ga ham. Qiyin tanlov. “CHelsi” – men uchun qadrdon klub, u hali hamon qalbimda. SHu tufayli “CHelsi”ga ishqibozlik qilaman”
Eslatib o'tamiz, u 2006-2009 yillarda “aristokratlar” sharafini himoya qilgan. Ukraina TJ bosh murabbiyi finalni bevosita stadiondan kuzatish uchun Portuga kelgan.
FAKT: Tomas Tuxel ECHL finaliga turli ikki klub bilan ketma-ket (2020, 2021 yillar) chiqqan muobaqa tarixidagi ilk murabbiy hisoblanadi.
"Aristokratlar"ning "Dragau"dagi kechagi mashg'ulotidan:
“CHelsi” sardori Sezar Aspilikueta:
- Bolalaligingda shu kabi hal qiluvchi o'yinlarda o'ynashni orzu qilasan. Ayni vaqt o'zimdan g'ururlanyapman. O'yindan keyin esa yanada g'ururlanaman degan umiddaman. Bu bebaho imkoniyat. Finalga qaytish uchun bizga to'qqiz yil kerak bo'ldi. Muhim lahza.
O'tmishda bo'lgani kabi hammasini maydonda qoldirishimiz kerak, ayniqsa katta uchrashuvlarda. Nafaqat futbolchilar haqida, balki hamma haqida gapiryapman. G'alaba qozonish uchun eng yaxshi futbolni namoyish etish kerakligini tushunamiz. Mavsumning eng muhim uchrashuvi va biz unga tayyormiz.
O'zimizga ishonamiz. Top-jamoalarga qarshi o'yinlardagi natijalarimiz yaxshi. Bu oxirgi qadam va biz buni uddalamoqchimiz.
“CHelsi” ustozi Tomas Tuxel:
- Pepga qarshi o'ynash doimo qiyin. U o'ziga katta ishonch va g'oliblik mentaliteti bo'lgan jamoalarni yaratadi. Ehtimol, bu Evropaning, balki dunyoning eng kuchli jamoasidir. CHempionatda farq juda katta edi, ammo "Uembli"da va Manchesterda o'zimizga kerakli natijalarni ko'rsatdik.
Futbol o'zgardi, o'yinchilar ham. Bundesligada ko'plab yosh inglizlar bor edi, shu tufayli o'shanda ularning saviyasini tasavvur qila olganman. Bu yigitlar borligidan xursandman, ular Evropaning eng raqobatbardosh chempionatida o'ynashadi va bu ularga foydali tasir qiladi. Ularga ishonamiz, bu jamoamizning muhim qismidir.
Bizda jarohatlanganlar yo'q va umid qilamanki, shunday bo'lib qoladi.
Ilkay Gyundogan finaldan oldingi mashg'ulotlar paytida jarohat oldi va maydonni erta tark etdi. U APL 37-turidan o'rin olgan “Brayton”ga qarshi uchrashuvda tizzasini shikastlab olgandi. SHu tufayli, nemis futbolchisi “Everton” bilan o'yinda zaxirada qolgan va Gvardiola jamoaning muhim futbolchilaridan birini finalga asragandi.
“Orzudagi final, Mahrezdan Mendigacha”, deb yozadi Gazzetta dello Sport. Xabarda faoliyatining dastlabki bosqichlarida skautlar umidli deb hisoblanmagan futbolchilar ro'yxati keltirilgan: Jiruga uning texnikasi hatto Franciyaning 2-divizioniga ham to'g'ri kelmasligi aytilgan. “Atletiko” Rodrini semirishga moyil bo'lgani uchun sotib yubordi. Mahrez juda ozg'in, Kante esa kalta edi, Gyundoganni sakkiz yoshida "SHalke"dan quvishgandi.
"SHaharliklar"ning "Dragau"dagi kechagi mashg'ulotidan:
“Man Siti” yarim himoyachisi Fernandino:
- Har bir uchrashuvning o'z tarixi bor. Premer-liga esa allaqachon o'tmishda, biz chempionlikni nishonlashni tugatdik. Finalda top-futbolchilardan iborat top-jamoaga qarshi yana bir uchrashuv kutmoqda. O'ylaymanki, yaxshi tayyorgarlik ko'rib, kerakli natijaga erishamiz.
Pep uchun asosiy tarkibni tanlash oson emas, ammo bu o'yinning bir qismi. Har kimning o'z o'rni bor, chunki keyin nima bo'lishini hech qachon bilmaysiz. Futbolchilar barchasiga tayyor turishi zarur. Mening vazifam, ularga: “barchasiga tayyor turinlarZ”, deb aytishdir. Ushbu jarayonda barchasi muhim va finalda ham bu borada hech narsa o'zgarmaydi.
“Man Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne:
- Barchamizda raqobatga chidamlilik ruhiyati bor, hammamiz g'alaba qozonishni istaymiz. Futbolchi sifatida bu o'yin qanchalik muhim ahamiyatga egaligidan xabardormiz. Agar yutsang, qahramonga aylanasan. Agar yutqazsang, deyarli omadsiz bo'lasan. Musobaqaning bu bosqichiga chiqsh – juda zo'r. Biroq, mag'lubiyatga uchraydigan bo'lsang, bu sen his qilishni xohlamagan narsa ekanligini tushunib etasan.
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola:
- Ideal o'yin namoyish etishga harakat qilamiz. Ko'p yillardan beri birga o'ynamoqdamiz. CHempionlar Ligasiga finaliga etib kelish esa bu 4-5 yil oldin boshlangan harakatning samarasidir. Bunga loyiq bo'lgan kishi g'alaba qozonadi.
"Dragau" stadioni o'yin tayyor holatda:
"CHelsi" futbolchilarining o'yindan oldingi fotosessiyasi:
"Man Siti" futbolchilarining o'yindan oldingi fotosessiyasi:
Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling!
Fikrlar