So’nggi yangiliklar

14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  2 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  0 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  1 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  18 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  13 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  11

Finalga chiqqan bolalar bog'chasi haqida Yangiliklar

Finalga chiqqan bolalar bog'chasi haqida

Teglar :  AyaksEvropa ligasi
Mavsum boshida Gollandiyaning Ayaks klubi bir qator etakchilarni yo'qotdi va ECHL saralashida Rostovga yutqazib qo'ydi. Malum muddat klub chempionatda 8-o'rinda bordi.

Qishda Peter Bos jamoasi anchagina o'zgardi: transfer bozori vaqtida El-Gazi va Bazurni sotib yubordi, ularning o'rnini undan ham yosh va qobiliyatli futbolchilar to'ldirishdi. Bularning barchasi yakunda uzun mag'lubiyatsiz seriya va Evropa ligasi finaliga olib keldi.

Jamoada o'ynayotgan futbolchilarninga o'rtacha yoshi 22.1 yosh, asosiy tarkibda 17 yoshli: Jastin Klyuyvert va de Ligt kabi futbolchilar to'p tepishmoqda.

Andre Onana – 21 yosh





Yozda “Ayaks” “Barselona”ga Yasper Sillessenni sotib yubordi. Gollandiyalik posbon o'rniga kamerunlik Andre Onana olib keldi. U Tim Krul bilan raqobatda g'olib chiqib quruq o'yinlar bo'yicha klub rekordini takrorladi. Onana – Barselona akademiyasi tarbiyalanuvchisi va Ayaksga atiga 150 ming evro evaziga ko'chib o'tdi.

Deyli Sinkgraven – 21 yosh



Deyli Sinkgraven misolida gollandiyaliklar nima uchun total futbolni yaxshi ko'rishlarini payqash mumkin. Ikki yil muqaddam Deyli Ayaksga Xerenvendan 7 million evro evaziga yarim himoyachi sifatida ko'chib o'tgandi. Ammo bu joyda Sinkgravenning ishlari yurishmadi, keyinroq u chap qanot himoyachisiga aylandi. Ayni paytda u WhoScored talqiniga ko'ra Gollandiya chempionatining eng yaxshi chap qanot vakili hisoblanadi.

Afsuski, Deyli SHalkega qarshi bahsda jarohat olib safdan chiqdi.

Matteys de Ligt – 17 yosh





Yarim yildan buyon asosiy tarkibda markaziy himoyada o'ynayotgan Mateys De Ligt bu vaqt ichida klubdagi dastlabki uchrashuvida gol urishga, evrokuboklarda ajoyib o'yinlar ko'rsatishga va xatto Gollandiya terma jamoasi safida debyut o'tkazishga ham ulgurdi. Ammo Bolgariyaga qarshi bahsda Gollandiya sharmandali tarzda mag'lubiyatga uchradi va Ayaksda ham Mateys bir nechta qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi.

Davinson Sanches – 20 yosh



O'tgan yozda Davinson Sanches “Barselona” qiziqishiga tushgandi, ammo “Ayaks”ni tanlagandi. U darhol jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi.

CHaqqon markaziy himoyachi ham o'z, ham raqib jarima maydonida yaxshi o'ynaydi. Kolumbiyalik futbolchi hisobida bu mavsum chempionatda gol+pas tizimida 7 ochko bor. Uning himoyaviy harakatlari ham tahsinga sazovor.

CHe Nunneli – 18 yosh



CHe Nunneli hali “Ayaks” asosiy tarkibida debyut qilmadi. Ammo yaqin vaqt ichida maydonga tushishi va o'zini ko'rsatishi mumkin bo'lgan futbolchilardan biri. Agar siz “Ayaks” ustozi bo'lib qolsangiz CHeni qo'rqmay asosiy tarkibga qo'yavering.

Abdelxak Nuri – 20 yosh



Asosiy jamoada yaqindagina maydonga tusha boshlagan futbolchi Ayaks muxlislari orasida yaxshigina obro'ga ega bo'lib oldi. Nunneli kabi Nurining ham kelajagi porloq.

Vaclav CHerni – 19 yosh



Yuqorida aytganimizdek agar “Ayaks” ustoziga aylanib qolsangiz nima qilishni bilasiz: ko'proq o'yin amaliyoti va 3 yildan so'ng top-klubga sotib yuborish.

Xakim Ziesh – 24 yosh



Hozirgi Ayaksning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Lionga qarshi o'yinda 3ta golli pas bergan futbolchi. Xakim Ziesh ikki yil oldin Gollandiya terma jamoasida Sneyderning o'rinbosariga aylanishi kerak edi. Ammo tushunarsiz sabablar tufayli Danni Blind Xakimni termaga chaqirmagan. Yakunda Ziesh Marokash terma jamoasida o'ynashga qaror qildi. Xakim Marokash bilan Rossiyadagi Jahon chempionatiga borish uchun yaxshigina imkoniyatga ega, Gollandiya terma jamoasi haqida esa bunday deb bo'lmaydi.

David Neres – 20 yosh



Qishda “Ayaks”ga braziliyalik tineydjer David Neres ko'chib o'tgandi va “Lill”ga ketgan El-Gazidan foydaliroq o'ynay boshladi. Braziliyalik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushsa maydonni golsiz tark etmagan, Amsterdam klubida undan oldin Luis Suares shunday ketma-ket gollar bilan boshlagandi.

Jastin Klyuyvert – 17 yosh



Bu klonmi? Balki bu mo'jizadir? Yo'q, bu shunchaki afsonaviy otaning qobiliyatli o'g'li. Kenja Klyuyvert raqiblarni aldab o'tishda ajoyib, hujumda faol o'ynashga intiladi. Jastin yutqazishni xush ko'rmaydi - Ayaks safidagi dastlabki 14ta o'yinda klub 11ta g'alabaga erishdi va 3 bor durang o'ynadi.

Kasper Dolberg – 19 yosh




2016 yil avgust oyidan buyon Kasper Dolberg Peter Bos boshchiligidagi klubda 44ta o'yinda maydonga tushib 20ta gol urdi va 8ta golli pas berdi. Aynan daniyalik futbolchining gollari evaziga “Ayaks” “Kopengagen”ni mag'lub etdi va Evropa ligasi chorak finaliga chiqqandi. Yarim finalda ham u "Lion" darvozasiga ikkala o'yinda jami ikkita gol urishga erishdi.

Amin Yunes – 23 yosh



Texnikasi juda kuchli chap qanot vingeri, 2 yarim million evro evaziga Menxengladbaxning Borussiya klubidan sotib olingandi. Lion darvozasiga urilgan gol Yunes uchun mavsumdagi ettinchisi bo'ldi. Yana 12 marta u sheriklari gol urishiga yordam bergan. Kelib chiqishi livanlik bo'lgan Yunes Germaniyaning turli yoshdagi terma jamoalarida o'ynab chiqqan. Ammo Yoaxim Lev boshchiligidagi jamoada debyut qilish uchun boshqa chempionatga o'tishi kerak shekilli.

Bertran Traore – 21 yosh




Lionga qarshi dastlabki o'yinda ikkita gol urgan hujumchi yozda CHelsidan ijaraga olingandi. Burkina-fasolik hujumchi va o'ng qanot vingeri 3 oy jarohatini davoladi. Aprel oyida uchta gol urib AZ va Neymegenni yirik hisobda taslim qilinishida katta xissa qo'shdi, o'tgan haftada Lionga Evropa ligasi yarim finalida gol urdi. 

sports.ru  saytidan tarjima qilindi
Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика